Ertaga bo'lajak Osiyo Kubogiga qura tashlanadi
21 iyu 2023 15:05
Yangiliklar
Ertaga bo'lajak Osiyo Kubogiga qura tashlanadi
Ertaga, 22 iyun kuni futzal bo'yicha 2024 yilgi Osiyo Kubogining saralash bosqichiga qura tashlanadi.
Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o'tkaziladi.
Qura tashlash marosimida jamoalar sakkizta guruhga bo'linadi. Mazkur bosqichda jami 31 ta jamoa ishtirok etadi (oxirgi guruhga 3 ta jamoa joylashadi). Guruh g'oliblari va eng yaxshi ikkinchi o'rinni egallagan ettita jamoa musobaqaning final bosqichiga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, saralash bosqichi 2023 yilning oktabr oyida o'tkaziladi. O'zbekiston joylashadigan guruh uchrashuvlari yurtimizda bo'lib o'tadi.
Fikrlar