Ertaga bo'lajak Osiyo Kubogiga qur'a tashlanadi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyun 2023, 15:05
Ertaga, 22 iyun kuni futzal bo'yicha 2024 yilgi Osiyo Kubogining saralash bosqichiga qur'a tashlanadi.

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o'tkaziladi.

Qur'a tashlash marosimida jamoalar sakkizta guruhga bo'linadi. Mazkur bosqichda jami 31 ta jamoa ishtirok etadi (oxirgi guruhga 3 ta jamoa joylashadi). Guruh g'oliblari va eng yaxshi ikkinchi o'rinni egallagan ettita jamoa musobaqaning final bosqichiga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichi 2023 yilning oktabr oyida o'tkaziladi. O'zbekiston joylashadigan guruh uchrashuvlari yurtimizda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia