So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

Ertaga 1-liga bor. Hakamlar qani? Yangiliklar

Ertaga 1-liga bor. Hakamlar qani?

Oldindan aytib qo'yay, ushbuni yozishdan maqsad kimnidir tanqid qilish emas, shunchaki PFL matbuot xizmatida faoliyat yuritayotganlarni sal etiborliroq bo'lishga chaqirish.
Ertaga birinchi liganing 2-bosqichidan o'rin olgan 9-tur bellashuvlari o'tkaziladi. Navbatdagi turning barcha sakkizta o'yini bir kunga belgilangan. Ammo-lekin PFL rasmiy saytida 9-tur o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi haliyam elon qilingani yo'q. Albatta, biz – hamkasblarmiz, shunday ekan, birovdan kamchilik axtarish niyatimiz yo'q. Lekin tur hakamlarini vaqtida berib borish ularning vazifasi ekanligini bir og'iz eslatib o'tish zarar qilmas. 

Bundan o'n kuncha oldin ish yuzasidan federaciya binosiga borganimda hakamlar va nazoratchilar bo'limida ishlab kelayotgan Bobur Haydarov bilan gaplashib qoldik. U kishidan nega hakamlar ro'yxati vaqtida matbuotga berilmayapti deb so'raganimda, o'yinlarni boshqarishi kerak bo'lgan hakamlar ro'yxati har doim tayyor turishi, faqat PFL matbuot xizmatidan hech kim kelib so'ramayotgani uchun vaqtida saytlarda chiqmayotganini aytdi. Ertaga 1-ligada o'yinlar borligi malum. Ammo hakamlar haliyam elon qilinmadi. Buning sababi esa bizga qorong'u. Ehtimol, bu shanba-yakshanba kunlari PFLning ishlamasligi bilan bog'liqdir. Mana endi ertaga saytda chiqsa kerak, tur hakamlari bugun falonchi o'yinlarni boshqarishadi deb.

Hakamlarni vaqtliroq elon qilinishi nima beradi? Masalan, viloyat klublari kelayotgan hakamlarga oldindan poezd yo samolyotga chipta olib qo'yishlari lozim, bundan tashqari, hakamlarning qaerdan ekanligiga qarab qaytib ketish uchun yo'lkira xarajatlarini ham taxlab qo'yishga to'g'ri keladi. Ammo “qora liboslilar” nomi elon qilinmasa aksariyat klublar nima qilishni bilmay hayron qolishadi va o'yinga bir-ikki kun qolganda shoshib qolishyapti. SHunday ekan, PFL birovlardan professionallikni talab qilguncha avvalo o'zi boshqalarga o'rnak bo'lsa ayni muddao bo'lardi.

Xayrulla XOLIQOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика