Errera: "PSJ ECHLni yuta olmasa, buni omadsizlikka yo'ysa bo'ladi"
16 avg 2020 12:37
Yangiliklar


Errera: "PSJ ECHLni yuta olmasa, buni omadsizlikka yo'ysa bo'ladi"
PSJ xavbeki Ander Errera ECHL 1/2 finali doirasidagi "Leypcig"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Agarda ECHLni yuta olmasak, buni omadsizlikka yo'ysa bo'ladi. Biz ushbu mavsumda fantastik natijalarga erishdik - 4ta sovrinni qo'lga kiritdik.
Xalqaro maydonda esa sensacion natijalar ko'payib ketdi. Albatta, "Leypcig" yoki "Lion" kabi jamoalarni yarim finalda ko'rib, ko'pchilik ajablandi.
PSJ - yuqori darajadagi jamoa. SHu boisdan yarim finalda g'alaba qozonish imkoniyatimiz yuqori. Raqiblar esa bizga qarshi bosimsiz o'ynashadi. SHu boisdan ular doim xavfli bo'lishadi", - dedi Errera.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar