Errera erkin agent sifatida Franciya klubiga o'tadi
22 mar 2019 11:45
Yangiliklar


Errera erkin agent sifatida Franciya klubiga o'tadi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera yozda Liga 1 jamoasiga o'tishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi PSJ bilan muzokara o'tkazmoqda. Franciya klubi yarim himoyachiga haftalik maoshi 173 ming evro bo'lgan shartnoma taklif qilmoqda. Futbolchining hozirgi maoshi taklif qilingandan sezilarli darajada kam.
Eslatib o'tamiz, yozda Erreraning "qizil iblislar" bilan shartnomasi yakuniga etadi, shu sababli u PSJga tekinga o'tishi mumkin.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligi aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar