Eronlik jurnalistlar federaciya prezidentidan xafa
28 avg 2019 16:12
Yangiliklar


Eronlik jurnalistlar federaciya prezidentidan xafa
OAV xodimlari federaciya prezidenti Mehdi Tajning gaplariga norozilik bildirishdi.
Eron futbol federaciyasi rahbari Mehdi Taj o'z intervyularidan birida shunday degandi: "Agar kimki matbuot anjmanida terma jamoa murabbiyiga provakacion savol bersa to'rt yilga akkreditaciya berishdan mahrum qilamiz".
Uning mana shu gapi OAV vakillari o'rtasida ko'plab norozilik uyg'otdi. Faxriy jurnalistlardan biri G'ulomrizo Rafie bu haqda shunday dedi: "Qonunni hamma birdek hurmat qilishi kerak. Lekin Mehdi Taj federaciya prezidenti sifatida jurnalistlar oldiga cheklov qo'ya olmaydi. CHunki futbolda hamma o'z ishini qilsagina rivojlanish bo'ladi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar