Eronlik ikki futbolchi faoliyatini Qatarda davom ettiradi

Xayrulla Xoliqov
10 okt 2020, 14:31
Eron terma jamoasiga nomzod futbolchilar Qatarga yo'l oldilar.

Qatar yulduzlar ligasi vakili "Umm Salal" o'z tarkibini Ruzbeh Cheshmi bilan kuchaytirib oldi. Ushbu futbolchi shu paytgacha "Istiqlol" safida o'ynab kelayotgandi. Lekin "Istiqlol" OCHL 1/8 finalida "Paxtakor"ga mag'lub bo'lgach, Cheshmi jamoa bilan Tehronga qaytmadi. U Dohada qolib "Umm Salal" bilan shartnoma imzoladi. 27 yoshli markaziy himoyachining yangi jamoasi safida yiliga 900 ming dollar maosh olishi aytilmoqda. 

Eronlik yana bir futbolchi Mehdi Torabi Qatarning boshqa bir jamoasi "Al Arabi"ga ko'chib o'tdi. U yangi jamoasida 99-raqamda o'ynaydi. 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi aslida "Al Arabi" bilan sentyabr boshida kelishib qo'ygandi, faqat shartnoma imzolash 9 oktyabrga to'g'ri keldi. Mehdi Torabi bungacha "Persepolis" sharafini himoya qilib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com