Eronlik futbolchi spirtli ichimliklar haqidagi video tufayli jamoa mashg'ulotlaridan chetlashtirildi
24 noy 19:03
Yangiliklar
Eronlik futbolchi spirtli ichimliklar haqidagi video tufayli jamoa mashg'ulotlaridan chetlashtirildi
"Istiqlol" himoyachisi Armin Soxrabyan internetda uning bir stakan spirtli ichimlik ushlagani aks etgan video paydo bo'lganidan so'ng vaqtincha jamoa mashg'ulotlaridan chetlashtirildi, deb xabar berdi "Fars News Agency".
Rolik Eron rasmiylarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi, chunki mamlakatda spirtli ichimliklar istemol qilish qatiyan taqiqlangan. Ish "Istiqlol" intizom qo'mitasiga yuborilgan. Soxrabyan o'rganish natijalariga qadar jamoa mashg'ulotlaridan chetlashtirilgan.
30 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda uzr so'radi va video bir necha yil oldin suratga olinganini, dushmanlar tomonidan tarmoqqa sizdirilganini malum qildi.
Soxrabyan shu yilning yanvar oyida "Istiqlol"ga qo'shilgan. U ilgari jamoada 2017 yildan 2019 yilgacha va yana 2023/24 yilgi mavsumida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Манба: "Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади
Суперлига. Бугун "Нефтчи" чемпионликни қўлга киритиши мумкин
Fikrlar