Eronda murabbiyga tosh otib boshini yorishdi
09 may 2019 18:51
Yangiliklar
Eronda murabbiyga tosh otib boshini yorishdi
Avvalgi tur o'yinlarida muxlislar maydonga tushib futbolchilarni do'pposlab ketgani haqida yozgandik. Navbatdagi tur uchrashuvida yanayam battar voqea sodir bo'ldi.
Ushbu turda "Naft Masjed" klubi o'z maydonida "Sepidrud"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvda mehmonlar hujumchisi Mehrdad Bayrami gol urganidan so'ng mezbon jamoa muxlislari bunga chiday olmasdan o'z murabbiylarini haqoratlay boshlashdi.
Ishqibozlardan biri esa hatto tosh bilan bosh murabbiy Firuz Karimining boshini yordi. Natijada murabbiy bir necha daqiqaga o'zini yo'qotib qo'ydi. Unda miya chayqalishi yuz berdi. SHifokorlar murabbiyga tez yordam ko'rsatganidan so'ng o'ziga kelib o'rindig'iga o'tirdi. Eron chempionati tugashiga yana ikkita tur qoldi. "Naft Masjed" klubi qolgan ikkita turda vaziyatni o'nglay olmasa birinchi ligaga tushib ketadi.
Fikrlar