Eron - Xitoy. Marchello Lippi va Karlush Keyrush ishtirokidagi matbuot-anjumani
28 mar 2017 11:07
Yangiliklar
Eron - Xitoy. Marchello Lippi va Karlush Keyrush ishtirokidagi matbuot-anjumani
Kecha Eron - Xitoy uchrashuvidan oldin xitoyliklar ustozi Marchello Lippi ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.
Marchello Lippi: "Jamoam Janubiy Koreyani mag'lubi etganidan (1:0) juda xursand emas deb o'ylayman. Futbolchilar bundanda kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishiga umid bildiraman. Eronga qarshi o'yin juda og'ir bo'lishini bilamiz va bizda tayyorgarlik uchun vaqt kam, ammo doimgidek harakat qilamiz".
Karlush Keyrush: Guruhda etakchi ekanimizdan xursandman, ammo hali ko'p mehnat qilishimiz kerak. Lippi yaxshi murabbiy va Xitoy terma jamoasi yaxshiroq o'ynayotganini ko'rib turibmiz. Bu biz uchun qiyin bahs bo'ladi, lekin yana bir bor jahon chempionati ishtirokchisi bo'lishga harakat qilamiz.
Fikrlar