Eron terma jamoasi Armaniston yig'inini yakunladi
01 okt 2016 15:30
Yangiliklar


Eron terma jamoasi Armaniston yig'inini yakunladi
Terma jamoamiz bilan 6 oktyabr kuni jahon chempionati saralash o'yinida maydonga tushadigan Eron Armanistondagi yig'inini yakunlab, Tehronga qaytdi.
Yig'in doirasida "SHiroq" bilan nazorat bahsi o'tkazgan Eron 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Unda Karlos Keyrush barcha futbolchilarni maydonga tushirdi. Endi yig'in Tehronda davom etadi. Xorijda o'ynaydigan futbolchilar shanba va yakshanba kunlari o'tkaziladigan tur uchrashuvlaridan so'ng tarkibga kelib qo'shilishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar