Eron Suriya bilan o'ynashi mumkin, agar O'zbekistonga qarshi bahs bekor qilinsa
03 avg 2020 11:25
Yangiliklar
Eron Suriya bilan o'ynashi mumkin, agar O'zbekistonga qarshi bahs bekor qilinsa
Suriya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida Eronga taklif bilan chiqdi.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, 3 sentyabr kuni Eron - Suriya o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi kutilyapti. Faqat bu o'rinda masalaning bir jihati bor. Yani 7 sentyabr kuni O'zbekiston va Eron o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazish belgilab qo'yilgan hamda uchrashuv joyi sifatida "Bunyodkor" stadioni ko'rsatilgan.
Agar bu o'yin aniq bo'ladi deb hisoblasak, unda Eron Suriyaga qarshi bahsni o'tkazmaydi va Toshkentga tashrif buyuradi. Mabodo koronavirus tufayli Eron terma jamoasining Toshkentga kelishida muammolar yuzaga kelgudek bo'lsa, unda forslar Suriya bilan kuch sinashishlari mumkin bo'ladi.
Fikrlar