Eron Pro ligasi. "Istiqlol" "Sepahon"ni engdi, Masharipov 77 daqiqa o'ynadi
27 fev 2024 20:46
Yangiliklar
Eron Pro ligasi. "Istiqlol" "Sepahon"ni engdi, Masharipov 77 daqiqa o'ynadi
Eron Pro ligasi 18-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Sepahon" uchrashuvi yakunlandi.
Mazkur bahsda mezbonlar Ruzbeh CHashmining 36-daqiqada urgan goli evaziga g'alaba qozondi. "Istiqlol"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 77-daqiqada zaxiraga olindi.
"Istiqlol" — "Sepahon" 1:0
Gol: Ruzbeh CHashmi (36)

Mazkur g'alabadan keyin "Istiqlol" 39 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda, "Sepahon" esa 31 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar