

Safarda "Padideh" klubini 1:0 hisobida mag'lub etgan "Persepolis" 60 ochko jamg'argan holda chempionlikni nishonladi. O'yindagi yagona gol Vohid Amiri tomonidan kiritildi. Jamoa ustozi Branko Ivankovich ushbu g'alabani muxlislarga bag'ishlashini aytib o'tdi:
- "Biz chempion bo'lishimizni ikki oy oldin bilgandim. Qo'lga kiritilgan yutuq bilan jamoadagi hammani tabriklayman. Chempionlikni esa o'z muxlislarimizga bag'ishlayman".
- "Chempionlikni Tehrondagi "Ozodi" stadionida nishonlashni xohlaymiz. Shu o'rinda sardorimiz Jalol Hussaynini alohida tabriklayman, chunki u faoliyati davomida oltinchi bor Eron chempioni bo'ldi. Endi bor e'tiborni Osiyo chempionlar ligasiga qaratamiz".



