So’nggi yangiliklar

20:30"Холматовнинг орзуси улкан нур ила қайноқ". Диёр Холматов U-23 Осиё кубоги олдидан ФИФАга интервью берди  0 20:23Ўзбекистон футзал терма жамоасининг асосий дарвозабони Осиё кубогини ўтказиб юборади  2 20:20U23 Осиё кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган Япония Хитойни минимал ҳисобда енгди  0 20:08Тўрт нафар ҳакам дисквалификация қилиниб, жаримага тортилди  6 19:59"Реал" эртага Мбаппе трансферини эълон қиладими?  7 19:31Расман: Фелипе Андерсон – "Палмейрас" ўйинчиси  0 19:04Луис Энрике: "Босим? Менда у йўқ"  8 18:42"Байер" бош директори: "Алонсо келажакда "Реал"ни бошқариши аниқ"  2 18:27ЎФА легионерларимиздан бирининг Осиё Кубогида иштироки бўйича келишувга эришди  6 17:39ОЧЛ. "Ал Айн" — "Ал Ҳилол" учрашуви сув тошқини туфайли қолдирилди  0 17:26"Барселона" – ПСЖ, "Боруссия Д" – "Атлетико" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  19 17:02Ямаль — "Golden Boy-2024" рейтингида етакчи  9 16:40Пекин-2008. Вадим Абрамов бошқарган терма жамоа қандай қилиб Олимпиадага чиқа олмаганди?  3 16:20Ўзбекистон Малайзияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  2 16:11Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - "Арал" академия: Асосий таркиблар маълум  1

Futzal. O'zbekiston Erondan ettita gol o'tkazdi va finaldan quruq qoldi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston Erondan ettita gol o'tkazdi va finaldan quruq qoldi

Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionati yarim finali doirasidagi Eron - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Forslarning to'liq ustunligida o'tgan bellashuvda vakillarimiz 1:7 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Endi Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz 11 fevral kuni bronza medallar uchun Iroqqa qarshi bahs olib borishadi.


OCH-2018
Yarim final

09.02.2018, 16:00
"Xinzhuang Gymnasium", Xitoy Taypeyi

Eron - O'zbekiston 7:1
Gollar: M.Javid 3, 16, 16, A.Hassanzoda 4, 31, H.Toyibi 11, 35 - A.Rahmatov 40

Eron (birinchi beshlik): 2.Ali Rizo Samimi, 3.Ahmad Ismoilpur, 7.Ali Asqar Hassanzoda, 13.Farhod Tavakoli, 14.Mehdi Javid.
Zaxira: 1.Sepehr Muhammadi, 4.Muslem Olaqobad, 5.Alirizo Rafiepur. 6.Muhammadrizo Sangsefidi, 8.Abulqosim Orouji, 9.Said Ahmad Abbasi, 10.Huseyn Toyibi, 11.Mehran Aliqodir, 12.Muhammad SHajari.
Murabbiy: Muhammad Nozim Alshari

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1. Rustam Umarov, 7. Dilshod Rahmatov, 8. Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14. Konstantin Sviridov.
Zaxira: 12. Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 10.Davron CHoriev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod SHavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov.
Murabbiy: Bahodir Ahmedov



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi! Vakillarimiz forslarga imkoniyatni boy berishdi. Endi 11 fevral kuni Iroq bilan bronza uchun kurashamiz.



40 - Gooooooolllllll, Anasxon Rahmatovvvv.

39 - Bugun Eron bizga umuman imkon bermadi.

35 - Gol, Aliqodrning pasidan keyin Toyibi navbatdagi golni urdi.

33 - Bahodir Ahmedov Uchinchi to'rtligimizni maydonga tushirdi: Husniddin Nishonov-Ixtiyor Ropiev-Dilmurod SHavkatov-Anasxon Rahmatov.

32 - Umarov Javidning ikkita aniq zarbasini qaytardi.

32 - Abdurahmonovning zarbasi qaytarildi.

31 - Gol, Hassanzoda Javidning pasini golga aylantirdi - 6:0.

30 - Mashrab Odilovning aniq zarbasini forslar posboni qaytardi.

30 - Javidning yana bir zarbasini Rustam qaytardi.

28 - Rahmatov Sangsefidiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va raqiblardan buning uchun uzr so'rab qo'ydi.

28 - Asosiy to'rtligimiz maydonga tushdi.

27 - Zarbaa, Davron CHorievning zarbasini Samimi qaytardi.

24 - Zarbalar berayapmiz, lekin ularga aniqlik etishmayapti.

22 - CHoriev zarba berish uchun yaxshi poziciyaga chiqib bordi, ammo u o'zi aldab qo'ydi.

22 - Umarov forslarning navbatdagi zarbasini qaytardi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi! Bu safar ham bo'limni ikkinchi to'rtligimiz boshlab berdi.

Jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga chiqib kelishdi.

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Hozircha yirik hisobda engilayapmiz.

20 - Eron bizga gol urish uchun imkon qoldirmayapti.

19 - Uhhh, Rustam Umarovga qoyil!!! Huseyn Toyibining ketma-ket ikkita aniq zarbasini kiperimiz qaytardi.

17 - Rahmatovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

Bahodir Ahmedov taym-aut oldi.

16 - Gol, yana o'sha Javid Hassanzodaning pasidan keyin xet-trikini nishonladi.

16 - Gol, Mehdi Javid to'rtinchi gol kiritdi, bu golni o'zimiz o'zimizga olib keldik. Eron xatolarni kechirmaydi.

15 - Davron Abdurahmonovning jarimadan bergan zarbasi noaniq chiqdi.

14 - Zarba, Javidning jarimadan bergan zarbasi ustunga tegdi.

14 - Abdumavlonov Toyibini yiqitdi va yuizning darvozamizga jarima.

13 - Olaqobad juda ham noaniq zarba berdi.

12 - Dilshod Rahmatovning bosh bilan bergan aniq zarbasini Samimi ushlab oldi.

12 - Toyibi CHoriev va Abdurahmonovni aldab zarba berdi

11 - Gol, Huseyn Toyibi hisobni yiriklashtirdi. Hassanzodaning pasidan keyin uchinchi to'p darvozamizga kiritildi. Eron oson gol urmoqda.

10 - CHorievning kuchli zarbasini Samimi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

10 - Ismoilpurning navbatdagi zarbasi biroz noaniq ketdi.

9 - Uhhh, Ahmad Ismoilpurning zarbasi ustunga tegib qaytdi.

8 - Sviridovning zarbasi raqib o'yinchisiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

7 - Toyibining bosh bilan bergan zarbasini Umarov ushdab oldi.

6 - Forslar ancha kuchli ekanliklarini amalda ko'rsatishmoqda.

5 - Zarba, Umarov Hassanzoda va Tavakoli tomonidan berilgan ikkita aniq zarbani qaytardi.

4 - Gol, Ali Asqar Hassanzoda ikkinchi golni urdi - 2:0.

3 - Gol, afsuski Mahdi Javid o'yinda hisobni ochdi. Afsuski, Sviridov Javidga zarba berishga imkon berib qo'ydi.

- O'FA matbuot xizmati bergan tarkibimizda o'yinni asosiy to'rtligimiz boshlashi kerak edi. Lekin amalda Bahodir Ahmedov ikkinchi to'rtlikni boshlang'ich tarkibda qo'ydi.

- Uchrashuv boshlandi!

- Endi esa O'zbekiston, VATANIMIZ madhiyasi arena bo'ylab yangramoqda.

- Eron madhiyasi yangramoqda.

- Jamoalar yo'lakchadan chiqib kelishmoqda. Bugun Eron oq, O'zbekiston esa ko'k libosda to'p tepadi.

- Jamoalarning o'yin bo'lib o'tadigan arenaga kelishi va avtobusdan tushib kelish jarayonlari namoyish etildi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. 

Reyting: -148   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика