Eron o'rtoqlik o'yinida SHimoliy Amerika termasini mag'lub etdi
15 noy 2018 22:28
Yangiliklar
Eron o'rtoqlik o'yinida SHimoliy Amerika termasini mag'lub etdi
Bugun Eron termasi "Ozodiy" stadionida Trinidad va Tobago termasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bahsda yagona gol 50-daqiqada Karim Ansarifard tomonidan kiritildi. Aynan uning o'zi 32-daqiqada penaltini golga aylantira olmagandi.
Ushbu bahsda Karlush Keyrush shunday tarkibni maydonga tushirdi.
Asosiy tarkib: Xussayn Xussayni, Exson Xojsafi, Vorya Gafuri (Rizo Rizoiyan, 77), Xussayn Kangani, Ruzbex CHeshmi, Masud SHojai (Ashkan Dejaga, 59), Vohid Amiri (Omid Ibrohimi, 59), Ahmad Nurullohi, Mehdi Turobi (Sodiq Muharrami, 58), Karim Ansarifard (Ali Golizadex, 77), Qaveh Rizoi.
Zaxiradagilar: Mehdi Taremi, Sardor Azmun, Alirizo Beyranvand, Mehdi Husseyni.
O’xshash yangiliklar
23:37
Eron Pro ligasi. O'runov 77 daqiqa harakat qilgan o'yinda "Persepolis" yirik g'alabaga erishdi 0
23:29
Eron. "Persepolis" o'z uyida minimal hisobda zafar quchdi. O'runov 84-daqiqada zaxiraga olindi 0
Fikrlar