So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Eron milliy terma jamoasi Italiyadagi yig'ini davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

Eron milliy terma jamoasi Italiyadagi yig'ini davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Teglar :  Eron
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi raqiblaridan biri – Eron Italiyada ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Keyrush boshchiligidagi jamoa Italiyada o'tkazilgan 12 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dastlab, 19 avgust kuni V seriyasi vakili “Spal” jamoasiga qarshi maydonga tushgan forslar Ansoriy, Kamyabiniya hamda Bahdor kiritgan gollar evaziga 3:0 hisobida g'olib keldi.

23 avgustda esa Eron Italiya B seriyasi yoshlaridan tuzilgan terma jamoaga qarshi o'ynab, yirik – 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu uchrashuvda Jahonbaxsh dubl qayd etgan bo'lsa, Azmun hamda Taremi o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yib, Eronning g'alabasini taminladi.

Ayni vaqtda FIFA reytingida Osiyo qitasi mamlakatlari orasida birinchi o'rinni egallab turgan Eron Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasida 6 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bosqichdagi birinchi o'yinini portugaliyalik mutaxassis shogirdlari 1 sentyabrda Qatarga qarshi o'z uylarida o'tkazishadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика