Eron futbolchilari JCH saralash bahslaridan oldin vakcina qabul qilishdi
28 may 2021 13:58
Yangiliklar
Eron futbolchilari JCH saralash bahslaridan oldin vakcina qabul qilishdi
Iyun oyida Osiyoda JCH saralash bahslarining to'xtab qolgan o'yinlari o'tkaziladi.
Eron terma jamoasi navbatdagi to'rtta o'yinni Bahraynda o'tkazadi. Futbolchilar safar yo'l olishdan avval ikkinchi bor koronavirusga qarshi vakcina bilan emlanishdi. Eron MTJ 31 may kuni Bahraynga yo'l oladi va u erda Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroqqa qarshi maydonga tushadi.
Dragan Skochich shogirdlari rasmiy bahslarga qadar o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishmaydi. Bu esa futbolni yorituvchi OAV noroziligiga sabab bo'ldi. Eron terma jamoasi ayni paytda 6 ochko to'plagan holda guruhda uchinchi o'rinda boryapti. Guruhda Iroq 11 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, ikkinchi o'rindagi Bahrayn hisobida 9 ochko bor.
Fikrlar