Eron chempionati, 18-tur. O'zbek derbisida do'stlik g'alaba qozondi
02 fev 2016 20:20
Yangiliklar
Eron chempionati, 18-tur. O'zbek derbisida do'stlik g'alaba qozondi
Eron chempionatining 18-turi doirasida hamyurtlarimiz to'p suradigan "Persepolis" hamda "Sepaxon" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.
"Persepolis" - "Sepaxon" uchrashuvining birinchi bo'limi tugadi. Hozircha hisob 0:1, mehmonlar foydasiga. "Sepaxon"ning yagona bo'lib turgan golini hamyurtimiz Fozil Musaev Aleksandr Lobanov qo'riqlayotgan darvozasiga yo'lladi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida Ali Alipourgxara "Sepaxon" darvozasiga to'p kiritib, muvozanatni tiklagandi. Biroq oradan ko'p vaqt o'tmay Pereyra "Sepaxon"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi - 1:2.
O'z maydonida harakat qilayotgan "Persepolis" jamoasi hujumga zo'r berdi va bahsning 74-daqiqasida Kamyabinia "Sepaxon" darvozasiga yo'l topa oldi - 2:2.
SHu tariqa uchrashuv boshqa gollar kiritilmadi va jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi.

"Persepolis" - "Sepaxon" 2:2
"Ozodi" stadioni.
Gollar: Fozil Musaev (10), Ali Alipourgxara (50), Lusiano Pereyra (65), Kamyabinia (74)O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar