So’nggi yangiliklar

11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  0 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  8 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  11 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  2 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1

Eron bilan o'yinga 6 kun qoldi. Bugun o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz Yangiliklar

Eron bilan o'yinga 6 kun qoldi. Bugun o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz

Eron bilan o'yinga borgan sari kam vaqt qolyapti.

Terma jamoamiz bugun "Bunyodkor" stadionida Tailand termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashvi o'tkazadi. O'yin 20:00da boshlanadi.

Barcha muxlislarni bugungi o'yinda kutib qolamiz. Negaki qiziqarli bahs bo'lib o'tishi kutilmoqda. Tarkib shakllangan, futbolchilar esa o'yinga tayyor. Qolaversa, Tailandni mag'lub etsak Eronga ketish oldidan yigitlar ko'tarinki kayfiyatda bo'lishadi.

Tailand kecha Qozog'iston orqali Toshkentga etib keldi va kechki payt mashg'ulot o'tkazdi. Biz esa mana bir necha kundirki har kuni mashq qilyapmiz. Va bularning hammasi avvalo Eronni mag'lub etish uchun. 12 iyun kuni bo'lib o'tadigan Eron - O'zbekiston o'yini biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mabodo g'alaba qozonsak, kelasi yil jahon chempionatiga borish uchun yana bir qulay imkoniyaga ega bo'lamiz.

Bugungi o'yin orqali terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan Eronga qarshi o'ynaydigan tarkib hamda taktikani aniqlab olsa ajab emas. Qolaversa, bu o'yinda g'alaba ham bizga zarur. Eron o'rtoqlik o'yinida CHernogoriyani mag'lub etdi, biz Toshkentda o'ynab nima uchun Tailandni enga olmas ekanmiz.

O'ylaymizki, bugungi o'yin Eronga qarshi bahs oldidan katta repeticiya vazifasini o'tab beradi. Terma jamoamizda malakali murabbiylar ko'p. Biz bosh murabbiydan tortib murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Viktor Jalilov, Ravshan Haydarov, Grigoriy Kolovosvkiy, Deyan Jurjevich, Anvar Rashidov - xullas hamma murabbiylarga ishonamiz. Ular bo'lajak bahslarga jamoani munosib tayyorlab, ikkala o'yinni ham o'z foydamizga hal etish uchun futbolchilarni ruhlantira olishadi.


Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика