So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Eron bilan o'yinga 14 kun qoldi. Eron Avstriyada yig'in boshladi, Babayan tarkibni elon qildi Yangiliklar

Eron bilan o'yinga 14 kun qoldi. Eron Avstriyada yig'in boshladi, Babayan tarkibni elon qildi

Yana 14 kundan so'ng milliy terma jamoamiz Tehronda Eron termasi mehmoni bo'ladi. JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan bahs ikkala jamoa uchun ham juda katta ahamiyatga ega.

Agar biz g'alaba qozonsak, Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borish uchun yana bir imkoniyatga ega bo'lamiz. Mabodo Eron zafar quchsa ular saralash o'yinlari tugashiga ikki tur qolganda masalani hal etishadi.

Bugun Samvel Babayan Tailandga qarshi o'rtoqlik hamda Eronga qarshi rasmiy o'yinlar uchun tarkibni elon qildi. Kengaytirilgan ro'yxatdan 28 nafar futbolchi joy olgan. 30-31 may kunlari O'zbekiston Kubogi doirasida uchrashuvlar bo'lib o'tishini inobatga olsak katta ehtimol bilan futbolchilar 1 iyundan etiboran yig'ila boshlaydilar.

Eron terma jamoasi esa Avstriyada yig'in boshladi. Ular 4 iyun kuni CHernogoriya termasi bilan o'rtoqlik o'ynaydilar. Biz esa 6 iyunda Tailand bilan kuch sinashib ko'ramiz. Eron o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib bo'lgach, Tehronga qaytadi. Va shundan so'ng 12 iyun kun bo'ladigan hal qiluvchi o'yinga tayyorgarlikni o'zida davom ettiradi.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика