So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  43 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Eron bilan o'yinga 11 kun qoldi. Hayajon ortib bormoqda Yangiliklar

Eron bilan o'yinga 11 kun qoldi. Hayajon ortib bormoqda

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
Eron bilan o'yin yaqinlashgani sayin hayajon ko'payib bormoqda. Bu orada Tailand bilan bo'ladigan o'yinni ham go'yoki unutib qo'ygandekmiz.

6 iyun kuni Toshkentda Tailand termasi mehmon bo'ladi. Bu jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida kechadi va 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

SHundan so'ng 12 iyunda Tehronda Eron termasi mehmoni bo'lamiz. JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan bu uchrashuv biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Agar g'alaba qozonsak, mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lamiz.

Mabodo mag'lub bo'lsak, (bu haqda o'ylashni ham istamaymiz), unda Eron saralash bosqichi tugashiga ikki tur qolganida rasman JCHga chiqqan jamoa hisoblanadi.

Bilasizmi, shu paytgacha Eron bilan o'sha mashhur "Ozodi" stadionida faqat bir marta o'ynaganmiz va G'ALABA qozonganmiz. Bu voqea 2012 yilning 14 noyabrida sodir bo'lgandi. JCH-2014 saralash bosqichidan o'rin olgan bellashuvda BIZ yutganmiz.



Hozirgidek esimda, uchrashuvni "Sport" telekanali orqali ustoz sharhlovchi Mirzahakim aka To'xtamirzaev sharhlab borgandilar. O'yinning 71-daqiqasida Ulug'bek Baqoev tomonidan kiritilgan yagona gol bizga uch ochko keltirgandi. Esingizdami, final hushtagi chalinganidan so'ng Aziz Haydarovning bosh hakam Ali Badvavini quchoqlamoqchi bo'lgani. Mana shu o'yin Eron - O'zbekiston bahsi bo'ladi.

Saytimizni kuzatishda davom eting, Tehrondagi uchrashuv qahramoni Ulug'bek Baqoev va o'yinda qatnashgan boshqa futbolchilar bilan suhbatlar qilishni maqsad qilib qo'yganmiz. Aytgancha, o'sha paytda terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov edi.

X.Xoliqov.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика