So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Eron. 22-tur. Legionerlarimizdan faqat Melziddinov maydonga tushmadi Yangiliklar

Eron. 22-tur. Legionerlarimizdan faqat Melziddinov maydonga tushmadi

Eron Pro-ligasida 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Etiboringizga legionerlarimiz ishtirokidagi o'yinlarni taqdim etamiz.

Fozil Musaev to'p tepayotgan "Sepaxon" klubi "Malavan"ga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Musaev bahsda to'liq o'ynadi. "Sepaxon" 22ta o'yindan so'ng 37 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasini egallab turibdi. Klub navbatdagi turni 16 mart kuni o'z uyida "Padideh"ga qarshi o'tkazadi.

Eron pro-ligasi musobaqa jadvali
"Malavan" - "Sepaxon" 1:0
Gol:
B.Xatami 16

Ruslan Melziddinov to'p tepayotgan "Naft Masjid Sulaymon" klubi safarda "Istiqlol" bilan o'ynadi. Bu bahs 1:0 hisobi bilan tugadi. Melziddinov uchrashuvda maydonga tushmadi. Klub 19 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda. Hamyurtimiz jamoasi keyingi bahsni 12 mart kuni "Traktor Sozi"ga qarshi o'tkazadi.

"Istiqlol" - "Naft Masjid Sulaymon" 1:0
Gol:
Rizo Inoyati 60


Bahodir Nasimov faoliyat olib borayotgan "Padideh" klubi o'z uyida "Istiqlol Xuziston" bilan bellashdi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Nasimov uchrashuvda 90 daqiqa o'ynadi. "Padideh" ayni paytda 25 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasidan o'rin olgan. Klub keyingi uchrashuvni 16 mart kuni safarda "Sepaxon"ga qarshi o'tkazadi.

"Padideh" - "Istiqlol Xuziston" 1:1
Gollar:
M.G'ulomi 11 - M.Momeni 66.

Oybek Qilichev faoliyat olib borayotgan "Paykon" klubi kecha safarda "Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi "Fulad" mehmoni bo'ldi. O'yinda hisob ochilmadi. Qilichev mehmonlar safida 80 daqiqa harakat qildi.

"Paykon" 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 16 mart kuni o'z uyida "Zob Oxan"ni qabul qiladi.

"Fulad" - "Paykon" 0:0

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика