Ernesto Valverde La Liga klubida ish boshlashi mumkin
29 iyu 2020 10:17
Yangiliklar
Ernesto Valverde La Liga klubida ish boshlashi mumkin
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Valensiya"ni boshqarishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 56 yoshli mutaxassis va uning yordamchisi Jon Aspiazu o'zlariga Valensiyadan uy qidirishmoqda.
"Valensiya" so'nggi 4 o'yinda 3 bor mag'lubiyatga uchradi va La Ligada 8-o'ringa tushib ketdi. Taxminlarga ko'ra, "los ches" rahbariyati hozirgi murabbiy Albert Seladesni istefoga chiqarishi mumkin.
Valverdening atrofidagi insonlar klub bilan aloqaga chiqishgan va jamoaning atrofidagi vaziyatga qiziqishgan.
Qayd etish kerakki, Valverde 2012 yilning dekabridan 2013 yilning iyuniga qadar "Valensiya"ga murabbiylik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar