Ernandes: "Dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi bo'lmoqchiman"
26 dek 2020 14:08
Yangiliklar


Ernandes: "Dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi bo'lmoqchiman"
"Milan" qanot himoyachisi Teo Ernandes futbol karerasidagi maqsadi haqida gapirdi.
"Hozir o'z poziciyamda dunyoning eng yaxshi himoyachisi sanalamanmi yoki yo'q, buni bilmayman. Ammo shunisini aniq aytishim mumkinki, har kuni dunyo futbolining eng kuchli chap qanot himoyachisi bo'lish uchun ishlamoqdaman", - deydi 23 yoshli futbolchi.
Ernandes joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Milanliklar A Seriyada 14 turdan so'ng 34 ochko jamg'argan holda, jadvalda birinchi o'rinda borishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Teo akasi Lukas ("Bavariya" o'yinchisi) kabi "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar