So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  21 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  5 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  25 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

Ermatov nega derbini boshqarmaydi? Yangiliklar

Ermatov nega derbini boshqarmaydi?

Bugun O'zPFL Superliganing 2-tur uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ro'yxatini malum qildi.

Unga ko'ra, turning markaziy uchrashuvi bo'lishi kutilayotgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsini Ravshan Ermatov emas, balki SHerzod Qosimov boshqarib boradi. Albatta, nima sababdan Ermatovning Toshkent derbisiga qo'yilmagani muxlislar orasida o'ziga xos bahs-munozaralarni keltirib chiqardi.

Boshida o'zimiz ham hayron qoldik. Nahotki, Ermatov yana "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinga qo'yilmasa degan xayolga bordik. Lekin ko'p o'tmay barchasi malum bo'ldi. Gap shundaki, Ravshan Ermatov brigadasi bugun Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Al Rayan" bahsini boshqaradi. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan uchrashuv bizning vaqt bilan 22:15da boshlanadi va "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.

Ermatov bugungi o'yinni o'tkazib ertaga yurtimizga qaytib keladi va 8 mart kuni bo'ladigan "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" bahsida hakamlik qiladi. Keyin esa o'yindan ertasigayoq  9 mart kuni Dubayga uchib ketadi. Negaki shu kuni jahon chempionati o'yinlarini boshqarishi kutilayotgan hakamlar Dubayda jam bo'lib imtihon topshirishadi. "Bunyodkor" - "Paxtakor" bahsi 10 mart kuni o'tkazilishini hisobga olsak, tabiiyki Ermatov bu payt Toshkentda bo'lmaydi. SHu bois PFL Hakamlar qo'mitasi uni Navoiyda kechadigan o'yinga bosh hakam etib tayinladi.

X.Xoliqov.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика