Ermatov klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga video takrorlar bo'yicha yordamchi hakam sifatida taklif etildi
01 noy 2016 15:59
Yangiliklar
Ermatov klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga video takrorlar bo'yicha yordamchi hakam sifatida taklif etildi
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 2016 yildagi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishlash uchun taklif etildi.
8 – 18 dekabr kunlari bo'lib o'tadigan ushbu musobaqa o'yinlarini boshqarib borish uchun har bir mintaqadan bittadan hakamlar brigadasi jalb etilgan. Osiyo Futbol Konfederaciyasidan Bahraynlik hakam Navof SHukrilla boshchiligidagi hakamlar brigadasi bu turnirda ishlaydi. O'zbekistonlik Ravshan Ermatov ushbu hakamlar brigadasiga video takrorlar bo'yicha yordamchi hakam sifatida kiritilgan.
Takidlash kerakki, FIFA ushbu turnirda ilk bor futbol hakamlari ishini engillashtirish va qarorlar adolatliligini taminlashni mukammallashtirish maqsadida video takrorlar texnologiyasini amalga tadbiq qilib ko'radi.
O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 13
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar