Ermatov brigadasi OCHL final uchrashuvini boshqarish uchun Xitoyga uchib ketdi
18 noy 2015 19:52
Yangiliklar


Ermatov brigadasi OCHL final uchrashuvini boshqarish uchun Xitoyga uchib ketdi
Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami bo'lgan Ravshan Ermatov 21 noyabr kuni Xitoyda "Guanchjou Evergrand" va BAAning "Al Ahli" klublari o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. To'rtinchi hakam Valentin Kovalenko. Hakamlarimiz bugun, 18 noyabr kuni Xitoyga uchib ketishdi.
Bir hafta oldin BAAda o'tgan dastlabki final uchrashuvida hisob ochilmagan edi. Ermatov 2007, 2011, 2013 yillarda ham Osiyo chempionlar ligasi final o'yinida bosh hakam bo'lib ishlagan edi.
"Guanjou Evergrand" - "Al Ahli"
21 noyabr 2015. Guanjou. "Tianxe" stadioni
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Valentin Kovalenko (O'zbekiston)
Dastlabki o'yin: 0:0
O’xshash yangiliklar

Fikrlar