Erling Xolandning otasi "Manchester Yunayted" bazasiga tashrif buyurdi
19 noy 2019 14:07
Yangiliklar


Erling Xolandning otasi "Manchester Yunayted" bazasiga tashrif buyurdi
"Manchester Yunayted"ning mashg'ulotlar bazasiga "Zalcburg" hujumchisi Erling Xolandning otasi tashrif buyurdi.
Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland klub infrastrukturani baholadi. Bu esa Xolandning "qizil iblislar" futbolchisiga aylanishi haqiqatga yaqin ekanligini anglatadi.
Futbolchining transferiga shaxsan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher qiziqish bildirmoqda.
U klub rahbariyatidan futbolchini sotib olishni so'ragan. "Zalcburg" futbolchining sotuvidan 90 milliondan 100 million evrogacha ishlab olishni xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Xoland joriy mavsum barcha turnirlarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 4ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar