Erkin Jabborov: “Bugun bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi”
25 iyu 2016 15:49
Yangiliklar
Erkin Jabborov: “Bugun bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi”
Bugun oliy liga o'n to'rtinchi turidan joy olgan bahslardan biri Navoiyda “Qizilqum” - “Neftchi” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tkaziladi.
Uchrashuv oldidan mezbonlar posboni Erkin Jabborov o'z fikrlarini bildirdi.
- Oxirgi turda “Neftchi” Farg'onada chempionat etakchilaridan biri “Nasaf” bilan jangovor durang o'ynaganidan yaxshi xabardormiz, - deydi Erkin Jabborov. - Biz esa malum sabablarga ko'ra, o'tgan turda dam oldik. SHu bois, navbatdagi o'yin oldidan jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz uchun vaqt etarli bo'ldi, deb bilaman. Tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar yo'qligi, jamoadoshlarimning kayfiyati alo ekanligi bizni hujumkor o'yin namoyish qilishga undashi talbiiy, albatta.
Qolaversa, biz birinchi davraning oxirgi uy uchrashuvida maydonga tushamiz. Bugun bu o'yinda bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar