So’nggi yangiliklar

02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  17 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  8 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  8 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  3 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  4 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  5 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  49 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0

Erkin fikr: Abramovga yana nima kerak? Yangiliklar

Erkin fikr: Abramovga yana nima kerak?

Oliy liganing navbatdagi turida “Lokomotiv” o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilib, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
SHu o'yinni ko'rgan jurnalist sifatida bazi fikrlarni bildirmoqchiman. Stadionga kirish bepul qilib qo'yilgani uchun hartugul muxlislar kirishdi. Uchrashuv protokolida besh mingdan sal ko'proq tomoshabin keldi deb yozildi. Pullik bo'lganida qancha odam kirardi, to'g'risi bilmadim. Endi o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bahs yaxshi saviyada kechdi. To'p bir joyda to'xtab qolgan holatlar kam uchradi.

SHaxsan menga “Bunyodkor”ning o'yini ko'proq yoqdi. Mehnat qilayotgani bois Sergey Lushanga alohida rahmat aytsak arziydi. O'ylashimcha, Lushan mana shu oxirgi uch-to'rtta o'yinidayoq reyting bo'yicha Davron Fayziev, Baxtiyor Ashurmatov, Murod Ismoilov singari murabbiylardan o'zib ketdi. Lushan ishlayapti, biz esa ishlayotgan odamlarning qadriga etishimiz kerak. Lushan Doston Hamdamov, Zabixillo O'rinboev, Temur Ayupov singari yoshlarga qo'rqmasdan ishonch bildiryapti. Yoki Pishur bor joyda Zabixilloning maydonga tushishini hech kutganmidingiz?

SHuni aytish lozim, Toshkent derbisida “Lokomotiv” hech narsa ko'rsata olmadi. Hech bir o'yinchi ajralib turgani yo'q. Klub bosh murabbiyi Vadim Abramov davralar oralig'ida o'zi xohlagan futbolchilarni safga qo'shib oldi. Uning kuni Zabixillo, Dostonbek, Akrom Komilov kabi hali pishmagan o'yinchilarga qolgan emas. Abramov tayyor futbolchilar bilan ishlayapti. Hatto maydonga tushmayotgan o'sha Filiposyanda ham oliy ligada o'ynash tajribasi kerak bo'lsa Javlon Ibrohimovdek bo'lsa bordir-u, lekin kam emas.

Abramov qo'l ostida to'plangan o'yinchilarga qarang. Oliy liganing hamma “yulduzlari” “Loko”da yig'ilgan. Birgina Geynrixning maoshi kuni kecha g'alaba qozongan “Bunyodkor”ning yarim tarkibiga teng kelsa keragov. Lekin o'ta muhim bahsda “yulduzlar” hech narsa qila olishmadi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida “temiryo'lchilar” bosh murabbiyi mag'lubiyat uchun aybni FIFA referisi Valentin Kovalenkoga “ag'dardi-qo'ydi”. Ammo ertasi kuni uchrashuvni “Sport” telekanali orqali takroran ko'rib, Kovalenko “aybdor” emasligini his qildim. Hakam o'z ishini qilgan ekan, faqat “Lokomotiv” futbolchilari o'ynamabdi xolos.

“Lokomotiv” kimni xohlasa o'z tarkibiga qo'shib oldi, klubda pul tomonlama muammo yo'q hisobi, lekin shunday holatda ham murabbiyning aybni hakamga to'nkashi... ochig'i tushunmadim. Balki matbuot anjumani uchrashuv yakunlanishi bilanoq o'tkazilgani bois Abramov jahl ustida shunday degan bo'lishi mumkin. Ammo Kovalenkoning “Loko” zarariga qo'pol xatolarga yo'l qo'yganini shaxsan men ko'rganim yo'q. Keling, endi hakamlikni bir chetga qo'ya turaylik. O'yin tomonlama “Loko” raqibidan kuchli edimi? Tarkib borasida kuchli edi, lekin o'yin jihatdan emas. “Lokomotiv” futbolchilarida shiddat sezilmadi. G'alabaga chanqoqlik ko'rinmadi. Harakat bor, lekin nima uchun harakat qilinayotganini anglash yo'q. “Loko” o'yinining ko'p qismi tavakkal to'p uzatishlardan iborat bo'ldi.

Bundan tashqari, jamoaning to'psiz o'ynay olmasligi ko'rinib qoldi. Bu ham tabiiy hol bo'lsa kerak, chunki “Lokomotiv” bungacha faqat birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynab kelayotgandi. “Bunyodkor” to'pni qabul qilib olgach, tez hujum qilishga o'tyapti, raqib esa shoshib qolmoqda. Negaki “Loko” to'psiz o'ynashga o'rganmagan ekan. Bu murabbiyning xatosi hisoblanadi. Bundan tashqari, “temiryo'lchilar” himoyalanishni puxta o'zlashtirishmagani ham bir qator muammolarga sabab bo'ldi.

O'zbek futboli muhokamasida hakamlik mavzusi hech qachon birinchi planga chiqmasligi kerak. CHunki aybni hakamga to'nkashdan osoni yo'q. “Lokomotiv” endi ilk marta mag'lub bo'ldi va bundan fojia ham yasamaslik lozim. CHempionlikka kurashayotgan jamoa uchun hali hammasi oldinda. Qolaversa, u kungi mag'lubiyatga Kovalenkoning hakamligi emas, balki “Loko” futbolchilarining ishtiyoqsiz harakatlari sabab bo'ldi. Formani kiyib maydonga tushgan bilan ish bitmaydi, futbolchining yuragida o'sha klubga nisbatan etiqod, jamoa oldida qarzdor bo'lishdek hissiyot bo'lishi kerak. Madomiki bu kabi narsalar yo'q ekan, unda futbolchilarni ruhlantirish uchun bosh murabbiyning katta sahnaga chiqishiga to'g'ri keladi. Fikrimizcha, mana shu tarkib bilan maqsadga erishish uchun Vadim Abramovga boshqa hech narsa kerak emas, faqat ishlash kerak, xolos.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика