So’nggi yangiliklar

08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  100 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  30 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0

Erkin Boydullaev: Menga xorijdan takliflar bo'lgani rost Yangiliklar

Erkin Boydullaev: Menga xorijdan takliflar bo'lgani rost

Biz davralararo tanaffusdan foydalanib, “Nasaf” futbolchilari bilan suhbatlar uyushtirmoqdamiz.
 Navbatdagi suhbatdoshimiz “Nasaf” jamoasining 20-raqamdagi markaziy yarim himoyachisi Erkin Boydullaev bilan bo'ldi. 

Suhbatimizni o'qishdan oldin Erikn Boydullaevning “Nasaf” safidagi faoliyatini aks ettiruvchi qisqacha statistikani havola qilamiz:

2011 yildan buyon "Nasaf" jamoasi azosi. Oliy ligada jamoa safida 53ta o'yin o'tkazib, maydonda 4328 daqiqa harakat qilgan, 3ta gol urgan, 15 marta sariq kartochka olgan.

Ko'rinib turganingizdek, Erkinjon sariqlar bo'yicha jamoa safida rekord ham o'rnatgan, savollarimizning biri ham shu haqda bo'ldi. Quyida o'zaro suhbatimizni o'qing:

- Erkinjon keling suhbatimizni qanaday qilib “Nasaf” azosiga aylanganingizdan boshlasak.

- Meni “Nasaf”ga o'tishim kutilmagan vaziyatda sodir bo'lgan, 2010 yil mavsum oxirlarida menga “Paxtakor” va “SHo'rtan” jamoasidan takliflar bo'layotgan edi ammo ularga aniq javob bermagan edim ana shunday kunlarning birida menga “Nasaf” klubidan qo'ng'iroq qilishib, ular meni o'z saflariga qo'shib olish niyatida ekanliklarini bildirishdi. To'g'risi, bu taklif menga ham maqul keldi. CHunki “Nasaf” jamoasi 2011 yilgi mavsumda o'z oldiga ichki chempionatda ham agar imkon bo'lsa, xorijiy musobaqalarda ham jiddiy maqsadlar quyayotgani menga malum edi. SHu sabab, jamoaga o'tishga rozi bo'ldim, shaxsan Anotoliy Demyanenko meni ko'rikdan o'tkazib, jamoaga maqul kelishimni aytdi. “Nasaf” jamoasiga qo'shilishim mana shunday bo'lgan.

- 2011 yilgi mavsumda jamoada raqobat juda kuchli edi, sizni birdan ketma-ket uchrashuvlarda maydonda ham ko'rmadik, raqobatdan qurqmadingizmi, jamoaga o'tganingizga afsuslanmadingizmi?


- Yo'q, bunday bo'lmadi, zarracha bu menga salbiy tasir qilgani yo'q. O'z ustimda ishlashda davom etdim, asosiy tarkib o'yinchisi bo'lish uchun harakat qilaverdim, qolaversa jamoadagi muhit ham ajoyib darajada edi.

- Siz xozir “Nasaf”ning asosiy markaziy yarim himoyachilaridan birisiz, o'zingizni boshka poziciyada xam sinab ko'rishga uringanmisiz?

- “Nasaf”dan oldingi jamoalarda chap qanot himoyasida ham o'ynaganman lekin “Nasaaf” jamoasida shu markaziy yarim himoyada “o'rnashib” qoldim, bu menga ham yoqadi. CHunki markaziy yarim himoyachi bir tomondan jamoa hujumchilari bilan himoyachilar o'rtasidagi vositachi bo'lsa, ikkinchi tomondan raqib jamoani hujumlarini buzuvchi va ularning hujumiga birinchi qarshi chiqadigan juda masuliyatli poziciya hisoblanadi agar raqibning hujumi markaz orqali tashkil etilayotgan bo'lsa.

- Erkinjon siz “sariqlar” bo'yicha “Nasaf”ning “chempioni” sanalasiz, bu o'yindagi vaziyatdan kelib chikadigan xolatmi yoki o'zingiz shunday qupollik ishlatib turasizmi?

- Bu yil uncha ko'p sariq olganim yo'qku (kulib), yo'q men o'zimni qupol o'yinchi deb hisoblamayman, bu ko'pincha o'yindagi vaziyatdan kelib chiqadi. “Nasaf” jamoasiga har qanday jamoa boshqacha tayyorgarlik ko'radi, o'yinlarni kuzatib borayotgan bo'lsangiz, ko'pgina vaziyatlarda to'p uchun kurash markazda ro'y beradi, to'g'ri bazan kurashga kirishib ketib, qupollik qilib qo'yganimni sezmay qolaman. Faoliyatim davrida bir marta jamoamni qizil kartochka olib juda og'ir vaziyatga ham solib qo'yganman. Bu Tailandning “CHonburi” jamoasiga qarshi safardagi uchrashuvda bo'lgan. Keyin Qarshida bo'lgan javob uchrashuvida ham maydonga tusha olmaganman. Mana shunda ochig'i ruhan juda qiynalganman.

- Sizni kuchli zarbaga ega o'yinchi sifatida bilamiz, ammo siz darvozaga kamdan-kam zarba berasiz, nega?


- Menga jamoamiz murabbiyi o'z poziciyamda o'ynashimni doimo takidlaydi. Agar oldinga o'tib ketsam bo'shliq paydo bo'lishi mumkin. Mana shu ko'rsatmani to'liq bajarishga harakat qilaman. O'zingizga malum maydon markazidan darvozaga to'g'ridan-to'g'ri zarba berish bu ko'p ham foyda beravermaydi. Qolaversa sizni kuchli zarba berishingizga raqib ham imkon berib qo'ymaydi. Lekin uchrashuvda shunday imkon paydo bo'lsa, bundan foydalanishga urinib ko'raman.

- Sizga xorijiy klublardan taklif tushgan deb eshitganmiz, bu qanchalik to'g'ri?


- Bu eshitganingiz to'g'ri, o'tgan yilgi mavsumda menga Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubidan taklif bo'ldi, ular shartnoma ham taklif qilishdi ammo men uchun o'sha paytdagi murabbiy muzokara olib borgan, muzokara jarayonidan xabarim yo'q, oqibatda jim bo'lib ketishgan. Bundan tashqari ham qiziqishlar bo'ldi, masalan shu yil Ozarbayjon klubilarining biridan taklif bo'ldi, lekin u erga borishni o'zim hohlamadim.

- Bu yilgi mavsumda “Nasaf”ning sovrinlardan birini qo'lga kiritishida sizningcha imkoniyati qay darajada?

- Ochig'i bu yilgi mavsumda jamoamiz azolari o'rtasidagi kayfiyat ajoyib darajada hamma bir-biri bilan juda ahil. Ular juda qattiq mehnat qilishayapti. Har bir uchrashuvga faqat g'alaba qilish ishtiyoqida maydonga tushayapmiz. Murabbiyimiz Ro'ziqul aka ham murabbiylikdan tashqari haqiqiy ruhshunos ham, u kishi yigitlarimizni olg'a boshlay olish xislatiga ega, u kishining harakatlari evaziga jamoada o'ziga xos xarakter paydo bo'ldi. Jamoamiz bir maqsad uchun jipslashishga doimo tayyor. SHundan kelib chiqib, jamoamizni joriy yildagi mavsumda sovrinlarning birini qo'lga kiritishiga imkoni katta deb hisoblayman. Umid qilamanki, muxlislarimiz ikkinchi davrada jamoamizdan bundanda mazumunli o'yinlarni ko'rish baxtiga muyassar bo'lishadi.

- Erkinjon bizga malum hozir turmush o'rtog'ingiz bilan bir o'g'il farzandni tarbiyalab voyaga etkazmoqdasiz, aytingchi o'g'lingizni ham futbolchi bo'lishini hohlaysizmi?

- Bizni oilamizda kim qanday kasb egasi bo'lishi majburlanmagan. Nasib bo'lsa, farzandim ham kelajakda futbolchi bo'laman desa, qarshilik qilmayman yoki futbolchi bo'lasan deb, majbur ham qilmayman. Uning qaysi kasb sohibi bo'lishini o'z ixtiyoriga qo'yib beraman. Eng muhimi yaxshi inson bo'lsa bo'ldi.

- Muxlislarga yana aytadigan gaplaringiz bormi?


- “Nasaf”ning ajoyib muxlislari bor, biz ular uchun o'ynaymiz. Ularni xursand qilishni hohlaymiz. SHuningdek ularni qo'llab-quvatlashiga muhtojmiz ham. Men muxlislarimizga mustahkam sog'lik tilab, ularni doimo o'yinimiz payti biz bilan birga bo'lishlarini so'rab qolaman.

Biz ham saytimiz orqali “Nasaf”ning barcha muxlislari nomidan Erkin Boydullaevga suhbati uchun katta tashakkur aytamiz. Erkinjonni “Nasaf” muxlislari juda sevishadi va hurmat qilishadi. “Nasaf”ning yutuqlari uchun qilayotgan mehnatlarini qadrlashadi. Umid qilamizki, jamoamizning Erkin Boydullaev ishtirokidagi chiroyli o'yinlarni ko'plab ko'ramiz va eng katta yutuqlarini birgalikda nishonlaymiz!

Suhbatni Renat Ernazarov olib bordi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика