Eriksen yaqin orada bir qarorga keladi
27 iyu 2022 00:29
Yangiliklar
Eriksen yaqin orada bir qarorga keladi
30 iyun kuni "Brentford" bilan shartnomasi yakuniga etadigan yarim himoyachi Kristian Eriksen tez orada kelajagi borasida qaror qabul qiladi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi:
"Kristian Eriksen tez orada kelajagi borasida bir qarorga keladi. U yakuniy qaror qabul qilish uchun keyingi bir necha soat/kun ichida agenti bilan bog'lanadi. Unda juda ko'p takliflar bor, ammo "Brentford"da hali ham uni jamoada saqlab qolish uchun umid mavjud".
Avvalroq 30 yoshli futbolchi MYU taklifini raq qilgani va "Brentford"da qolishi yoki "Tottenxem"ga o'tishi xabar qilingandi.
Fikrlar