Eriksen italyan klubi bilan muzokaralarni boshlab yubordi
04 jan 2020 00:31
Yangiliklar


Eriksen italyan klubi bilan muzokaralarni boshlab yubordi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini "Inter"da davom ettirishga yaqin, deb xabar tarqatdi "TMW".
Manbaning xabariga ko'ra, Milan klubi 27 yoshli daniyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ammo Eriksen "neradzurrilar" safiga faqat yozda borib qo'shilishi mumkin. Boisi shundaki, futbolchining "shporlar" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. "Tottenxem" Eriksenni qishda xarid qiladigan klubdan 30 mln evro talab qilmoqda. "Inter" esa bu mablag'ni to'lamoqchi emas. Daniyalik pleymeyker milanliklar safiga erkin agent sifatida qo'shilishi rejalashtirilyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar