So’nggi yangiliklar

20:14Миржалол Қосимов: "Шубҳасиз, чемпионатнинг якуни қизиқарли бўлади"  2 20:11Суперлига. 100 дақиқа давом этган ўйинда "Локомотив" сўнгги сонияларда "Динамо"ни мағлуб этди  7 19:59Мбаппе Франциянинг навбатдаги йиғинига чақирилмади  0 19:35Денис Коростиченко: "Дуранг адолатли натижа бўлди"  2 19:32 "Балли, "Насаф! Балли, Рўзиқул!" - қашқадарёлик моҳир шарҳловчи Ҳусан Темировнинг таваллудига бағишланади  1 19:17"Манчестер Юнайтед" қишда "Бавария" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:02Фарҳод Нишонов: "Жаҳон чемпионатига чиқиш йўлида исталган кучли рақиб билан ўйнашга тўғри келади"  1 18:22"Реал" Родри ёки Энцо Фернандесни сотиб олади, агар...  2 18:00Суперлига. Олмалиқда 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  11 17:31ОФК Чемпионлар Лигаси-2. Умар Эшмуродов жамоаси сафарда "Чонбук Моторс"га имкониятни бой берди   0 16:57"Ҳозирги ҳолатимни сўз билан таърифлаш қийин"   0 16:16Асаби бўшлар кўрмасин! "Барселона" жароҳат олган Пау Кубарси суратини чоп этди   6 15:47Ханс-Дитер Флик: "Бугун амалга оширган ишимиздан мамнунман"  1 15:15ОФК Чемпионлар лигаси-2. 4-турдан сўнг ғарбий минтақадаги ҳолат  10 14:42ОФК Чемпионлар Лигаси-2. "Чонбук Моторс" - "Селангор": Умар Эшмуродов асосий таркибда  0

Eriksen hikoyasi: Bergkampdan dars olgan va "CHelsi" hamda "Siti"ga rad javobini bergan Yangiliklar

Eriksen hikoyasi: Bergkampdan dars olgan va "CHelsi" hamda "Siti"ga rad javobini bergan

"Tottenxem" va Daniya terma jamoasi etakchisi Kristian Eriksenning o'yin uslubi va sirli quroli haqida.

Otasi uni jamoani o'ylashga o'rgatgan

"Mening hikoyam Middelfartda boshlangan. Futbolchi bo'lishni orzu qilardim. Endi orzuimda yashayapman" - deydi Kristian Eriksen. Futbol doimo uning oilasining bir qismi bo'lgan. Kristianning otasi hamda onasi Tomas va Dorte futbol o'ynashgan.

"Men badminton o'ynardim, xatto turnirda g'olib bo'lganman, ammo futbol eng asosiysi edi" - deya tan oldi Kristian.


Futbolchining otasi Tomas Kristianning murabbiylaridan biri bo'lgan. 2004 yilda "Middelfart" 12 yoshgacha bo'lgan jamoasi Daniyada beshinchi o'rinni egalladi. Ular 5 yil ichida Fyunen mahalliy chempionatining 4ta mavsumida mag'lubiyatga uchrashmadi. "Biz ularni to'p bilan yaxshi muomala qilish va tezroq gol bo'lishiga yordam beradigan narsalarga o'rgatamiz" - deydi "Middelfart" rahbari Klaus Xansen.


Eriksen sobiq murabbiyi va "Odense" akademiyasi rahbari Tonni Xermansen "Middelfart" va TPI o'rtasidagi uchrashuvni yodga oldi. Birinchi bo'lim TPIning 4:0 hisobidagi g'alabasi bila yaknulandi. "Middelfart" ikkinchi bo'limning ilk 20 daqiqasida 8ta gol urdi: "Kristian va Rasmus (Falk, Eriksenning do'sti) shunchaki to'pni olib, pa-pa-pa, to'pni bir-biriga oshirib, gollar urishdi va yana hammasini boshidan boshlashdi. O'sha vaqtda to'p tepgan yigitlar hozirgacha bu o'yinni eslaydi".


"Bolaligida uni otasi shug'ullantirgan va bir futbolchi hech narsa qila olmasligini tushuntirgan. Eriksen hozirgacha bu qoidalarga amal qiladi. U o'smirligida atrofdagilar uning iqtidoridan hayratga tushardi. Biroq Kristian xotirjam yigitligicha qolgan. U doimo ko'p ishlab, o'zini tanqid qilardi" - deya esga oladi Daniya U17 terma jamoasi murabbiyi Glenn Riddersxolm.

"Har bir futbolchi o'zi yaxshi yoki yomon o'yin o'tkazganini biladi. Tashqaridan hammasi boshqacha ko'rinishi mumkin. Mening o'ylarim boshqalarnikidan farq qilishi mumkin. Uchrashuvdan so'ng doimo harakatlarim va o'yinim haqida o'ylayman" - deydi Eriksen.


Kamtarligiga qaramay Eriksen unda iqtidor borligini tushungan. Bir kuni mashg'ulot paytida Riddersxolm futbolchidan u qanchalik kuchli ekanligini bilishi haqida so'radi: "Kristian ko'zlarimga qaradida va bu hammaga malum narsadek gapirdi": "Ha, buni bilaman". Aynan shu narsa uni boshqa bolalardan ajratib turadi. Yigitcha bu haqida o'ylamagan va katta ahamiyat bermagan. Bu jihat uning rivojlanishiga imkon yaratgan".


Eriksen 13 yoshida "Odense"ga o'tadi va o'sha davrdan yirik klublarga bog'lanadi.


"Barselona", "CHelsi", "Milan" ko'riklaridan bo'lgan, ammo "Ayaks"ni tanlagan


"Agar pul u uchun eng muhimi bo'lganida, Kristian "Ayaks"ga o'tmagan bo'lardi. U 16 yoshligida biz "Barselona", "CHelsi" va "Milan" bilan bog'langanmiz. Agar pul katta ahamiyatga ega bo'lganida, uch yil oldin u "Tottenxem" taklifini qabul qilmasdi. Unga dunyoning boy klublari qiziqish bildirgan. Biroq "Tottenxem" u o'tishni istagan yagona klub bo'lgan" - degan edi Kristian Eriksenning agenti 2016 yilda.


Eriksen haqiqatdan ham yirik klublarga bog'langan. U ko'rikda bo'lgan va nomi mashhurlarni tanlamagan. Kristian o'ziga mos, o'z olamiga to'g'ri keladiganlarni maqul ko'rgan.

"Men bir necha marta yo'q deganman. SHunchaki zaxira o'rindig'ida o'tirishni istamayman. Kerakli vaqtda "shporlar"ga o'tdim deb o'ylayman" - degandi Eriksen "Tottenxem" futbolchisiga aylanganidan so'ng.


"CHelsi" bilan kelisha olmagan Eriksen ikki marta bu klub ko'rigida ishtirok etadi, ammo "aristokratlar" Kristiandan bir yosh kichik bo'lgan Josh MakKiranni tanlashadi, Eriksen uchun esa bu oldinga tashlangan juda katta qadam bo'lardi: "CHelsi"ning U17 jamoasi o'zga olam, U19 jamoasi boshqa olam, asosiy jamoa ham yoshlardan farq qiladi. Bunday vaziyatda yosh futbolchining o'sishi qiyin" - degan edi yarim himoyachi.


Keyinroq "CHelsi" Eriksenni uchinchi marta ko'rikka chaqirdi, ammo Kristian rad etdi va "Ayaks"ga o'tdi. Noyabrdagi "CHelsi" - "Tottenxem" uchrashuvidan oldin Mauricio Sarri Eriksenni alohida ko'rsatgan edi.


Eriksen "Ayaks" sharafini himoya qilgan paytda "Manchester Siti" taklifini rad etgandi: "Har 6 oyda yangi futbolchilarni sotib oladigan katta klubga kelasan, agar boshidan o'z o'yiningni ko'rsata olmasang, ijaraga berib yuborishadi. Bu menga yoqmaydi. Men ko'proq maydonga tushishni istayman. O'sha payt 19 yoshda edi, shu sababli shoshilmaganman",

"Barselona"da nimadir o'xshamagan: "Biz Kataloniya terma jamoasiga qarshi o'ynadik, men 90 daqiqa ichida bor-yo'g'i 3 marta to'pga tegdim. Butun bahs davomida to'p ortidan quvdim, ammo uni qo'lga kirita olmadim. O'sha kuni menga nima bo'lganini bilmayman, mashg'ulot yaxshi o'tgandi, biroq uchrashuv vaqtida o'zim haqimda o'ylaganman: "Baribir bu klubda o'ynamayman". Eriksenga "Milan" yoqqan, u otasi bilan Kristianga qiziqib qolgan yoshlar jamoasi murabbiyi bilan muloqot qilishdi, ammo klub "Odense" bilan futbolchining narxi borasida kelisha olmadi.


"Ayaks"ga o'tish ham oson bo'lmagan. Gollandiyaliklarning jiddiy qoidalari bor. Ulardan biri - muzokaralar oldidan tibbiy ko'rikdan o'tish.

"Ayaks" Kristianning otasi Tomasga va uning sobiq klubi "Odensen"ga futbolchiga bo'lgan qiziqish haqida malum qilib, Eriksenni Amsterdamdagi ko'rikka taklif qiladi. Biroq Tomas rad javobini beradi. "U ko'plab ko'riklarga bordi va 17 yoshgacha bo'lgan milliy terma jamoada maydonga tushdi. O'g'lim maktabga ham borishi kerak" - deya o'z qarorini tushuntirdi ota.


Daniya terma jamoasi sobiq futbolchisi, o'sha paytda "Ayaks" skauti bo'lib ishlagan Yon Stin Olsen ishga aralashdi. 2001 yilda u Zlatan Ibragimovichni Amsterdamga olib kelgan. 76 yoshli selekcioner Eriksenning o'yinidan hayratlanganidan "Ayaks" sport direktori Denni Blindni u bilan Daniyaga borishga va Kristianning oilasi bilan suhbatlashishga ko'ndiradi.


2008 yilda Eriksen "Ayaks"ga o'tadi. Xenmansenning fikricha, u to'g'ri qaror qabul qilgan. Kristian "Odense"ning asosiy tarkibidan joy olishi qiyin edi. Daniya klublari yoshlarga ishonishni yoqtirishmaydi, u xatto iqtidorli yigit bo'lsa ham.


Inestadan ilhom olib, Bergkamp bilan ishlagan


"Men har doim harakatdan to'xtamaydigan futbolchi bo'lganman. Yugurishni yoqtiraman deya olmayman, ammo to'p qabul qilishni xush ko'raman. Agar etarli darajada aqlli bo'lsang, yugurish shart emas. Men hech qachon qanotda 20 nafar raqibini aldab o'tadigan futbolchi bo'lmaganman. Ko'proq Inestadan ilhom olaman. Bir necha yil davomida uning uslubi fantastik edi. Albatta, "Barselona"da kamroq yugurishadi, chunki to'p doimo ularda.


"Tottenxem" uslubi hammani pressing uyushtirishga majburlaydi, shu sababli bu jamoada shunchaki yurib bo'lmaydi. O'ninchi raqam poziciyasida o'ynagan paytlarim dam olish uchun vaqt bo'lardi, ammo hozir buning imkoni bor deb o'ylamayman. Doimo ko'p yugurganman. Biroq Pochettino xush ko'radigan agressiya meni o'zgartirdi" - deydi Eriksen.


Eriksenga Bergkamp bilan ish tasir qilgan: "Ayaks"dagi birinchi yilimda Dennis Bergkamp va Vim Yong bilan mashg'ulot o'tkazganman. Biz malum bir harakat ustidan ishlab, qochishlarni baholashni va keyin kerakli joyga pas berishni o'rganganmiz.

Dennis to'p bilan juda ishonchli ishlardi. U qachon to'pni o'ziga to'g'irlash va qaerga pas berishni juda yaxshi bilardi. Uni kuzatib va u bilan ishlab ko'p narsani o'rganganman. Birinchi jamoamda bu menga katta yordam bergan".

Rivojlanishga Eriksenning mehnatkashligi ham yordam beradi. "Tottenxem" sobiq ustozi Tim SHervud quyidagi gaplarni aytgan: "Men uni zo'rg'a mashg'ulot maydonidan olib chiqardim: "Etar, Kristian, kech bo'ldi, uyga bor". Maurisio Pochettino ham shunga o'xshash so'zlarni Garr Keyn haqida aytgan.


Eriksenga Pochettino tizimi yordam beradi

Eriksen "Tottenxem"dagi birinchi mavsumida quyidagi gapni aytgan: "Men himoyaga yordam beradigan yoki u tomondan bu tomonga yuguradigan futbolchi emasman, menga to'p kerak". Keyin jamoaga Maurisio Pochettino keldi.


Pochettino tizimi aniq pressing tizimiga ega. Eriksen uning qo'l ostida masofa bosib o'tish bo'yicha etakchi bo'ldi va "shporlar"ning muhim futbolchisiga aylandi. Argentinalik Keyn-Dele-Eriksen uchligidan biror futbolchini almashtirishni yomon ko'radi va bu ishni kamdan-kam holatlarda bajaradi. Bunaqasi joriy mavsumning kuz-qish fasllarida bo'lgan. Sentyabrda olingan jarohatdan keyin Pochettino Eriksendan ehtiyotkorlik bilan foydalandi.

Bu "Tottenxem"ga yordam berdi: Avvaliga Eriksenning zaxiradan o'yinga qo'shilishi "Inter" ustidan g'alaba qozonishga va CHL guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash imkoniyatlarini saqlab qolishga imkon berdi, keyin u "Byornli"ga qarshi bahs oxirida o'zini ko'rsatdi. Ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Byornli"ga qarshi o'yindan so'ng Eriksenni faqat ikkit bahsda almashtirishdi ("Bornmut" bilan uchrashuvda (5:0 hisobi paytida) va "Borussiya" Dga qarshi bahsda). Qolgan uchrashuvlarda u 90 daqiqa to'p tepdi.


Eriksen to'p bilan bo'lganida maydon markazida yoki o'ninchi raqam joyini egallaydi, to'psiz esa sxema bo'yicha harakatlanadi.


"To'p bizda bo'lsa, jamoadagi eng erkin futbolchiga aylanaman. Men bo'sh hudud bor joyda yordam beraman" - deydi Eriksen.


APLda Eriksendan aqlli futbolchi yo'qdek


"Angliyaga ko'chib o'tishidan oldin menga ingliz jamoalariga qarshi to'p tepish yoqardi, chunki ular ikki chiziqli himoyani xush ko'rishadi, bu chiziqlar orasida bo'sh hudud topish mumkin. Agar jamoadoshlaring seni payqasa va to'g'ri pas berishsa, raqib uchun jiddiy muammolar yaratish mumkin" - degandi Eriksen Angliyadagi birinchi mavsumidan keyin.


Yillar o'tishi bilan bu qiyinlashib bormoqda, chunki klublar tanyach hududni yopishga harakat qilishmoqda. Bunday holatda Eriksen boshqa zonalarda bo'sh joy topib, o'sha erda xavf yaratyapti. "CHelsi"ga qarshi noyabrdagi bahsda Eriksen zarbaga sabab bo'lgan 7ta pas bergan va ularning ikkitasi darvoza to'ridan joy oldi. Bu hayratlanarli, chunki o'sha uchrashuvda Kristian chap markaziy yarim himoyachi rolini bajargan edi.

Oldinroq, "Manchester Yunayted"ga qarshi avgustda bo'lgan bahsda Pochettinoning o'zgartirish yordam berdi. SHou ortida bo'sh hudud bor edi, Eriksen ikkinchi bo'limda o'sha erda to'p qabul qilib, uni jamoadoshlariga uzatdi. O'sha ondan boshlab ustunlik "Tottenxem" tomonga o'tdi va bahs 3:0 hisobida yakunlandi. Eriksen golli pas berdi.


Kristian vaziyatlarni to'g'ri baholay olishini 2018 yil Turinda bo'lgan "Yuventus"ga qarshi bahsdan bilib olishi mumkin. Eriksen o'shanda jarima zarbasidan gol urib, hisobni tenglashtirgan: "Buffon qadam tashlaganini ko'rdim va so'nggi onda boshqacha tepishga qaror qildim". So'nggi lavhada Buffon zarbadan oldin qadam tashlashni boshlagani ko'ringan.


Barqarorlik - Eriksenning yana bir kuchli jihati. U zarbalardan avvalgi paslar bo'yicha APL etakchilaridan biri (avvalgi ikki mavsumda bir uchrashuvdagi o'rtacha paslar soni 3,1 va 2,6ta edi). Joriy mavsum natija biroz pasaygan (o'rtacha 2,2ta uzatma), ammo u himoyaviy harakatlarga ko'proq etibor bera boshladi. SHunga qaramay u APL tarixida ketma-ket to'rtta mavsum 10ta va undan ortiq golli pas bergan ikkinchi futbolchiga aylandi. Ungacha bu ishni faqat Devid Bekxem bajargan.


Uzoqdan zarbalar - Eriksenning yashirin quroli

Uzoqdan zarba berish - hujumni yakunlashning eng yaxshi usuli emas, ammo Eriksenda vaziyat boshqacharoq. Jarima hududidan tashqaridan zarba berish - Kristianninng yana bir quroli. Eriksen APLda urgan 47ta golning 20tasi 16 metrlik jarima hududi tashqarisidan kiritilgan. Ikkita narsa bu zarbalar xavfini yanada oshiradi.

Eriksen ko'p qirrali futbolchi, u aylanma va sho'ng'uvchi to'g'ri zarbalar berishga qodir. Ikkinchisi - Eriksen o'ng oyoq, ammo u har ikkala oyog'ida bir xil zarba bera oladigan "Tottenxem"ning uch futbolchisidan biri hisoblanadi. 47ta golning 26tasi o'ng oyoqda, 20tasi chap oyoqda urilgan.


"Byornli" bilan bahsda raqiblar "Tottenxem" harakatlarini maksimal darajada cheklab qo'yishga harakat qildi. Eriksen esa jarima maydoni tashqarisidan 7ta zarba berdi, ikkitasi qanotdan, qolgan 5tasi darvozaning to'g'risidan, biroq ularning to'rttasi chap oyoqda ijro etildi. Raqiblar taktikasi yordam bermadi, 88-daqiqada chap oyoq bilan berilgan zarba Rayan qarshisida sho'ng'idi va "Tottenxem"ga g'alaba keltirdi.


"Eng asosiysi - qo'lingdan kelgan barcha ishni qilish. Gol urganing yoki golli pas berganing uchun bahs yaxshi o'tdi deyish mumkinmi? Yo'q. To'g'ri, gol va golli paslar yordam beradi. Bundan tashqari hozir turli statistikalar yuritiladi. Futbol shu yo'nalishda rivojlanyapti, ammo men bunga qaramayman. Men shunchaki o'zim qila oladigan eng yaxshi ishni bajarishga intilaman" - Eriksenning bu so'zlari o'zi haqida aytilgan eng to'g'ri gaplardir.


U "Tottenxem"ga kelganiga deyarli 6 yil bo'ldi. Eriksen "Ayaks"dan "shporlar" safiga o'tganida uning birinchi klubi "Middelfart" 35 ming funtga ega bo'ldi va bu pullarga futbol maydoni qurdi. Kristian "Ayaks" tarkibida uch marta Gollandiya chempioni bo'ldi.

Eriksen CHempionlar ligasi yarim finalida "Ayaks"ga qarshi o'ynab, ikki uchrashuv natijasiga ko'ra sobiq klubini mag'lub etdi va finalga chiqdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика