Eriksen faoliyatini "Lester"da davom ettirishi mumkin
28 iyu 2022 21:22
Yangiliklar
Eriksen faoliyatini "Lester"da davom ettirishi mumkin
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen "Lester"dan tushgan taklifni ko'rib chiqmoqda.
Kristian Eriksen o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Brentford"da o'ynadi. Hozir daniyalik futbolchi erkin agent maqomida va turli klublardan tushgan takliflarni qarab chiqyapti.
Avvalroq 30 yoshli yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublaridan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kristian Eriksen o'tgan mavsumda "Brentford" safida Angliya Premer-ligasida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt 30 yoshli daniyalik yarim himoyachining transfer narxini 20 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar