Eriksen faoliyatini Germaniyada davom ettirishni xohlamadi
06 okt 2020 16:08
Yangiliklar


Eriksen faoliyatini Germaniyada davom ettirishni xohlamadi
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenda faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirish varianti bor edi.
28 yoshli futbolchining xizmatlariga Berlinning "Gerta" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ikkala klub ham Eriksenni ijaraga olmoqchi edi, ammo o'yinchini bu variantlar qoniqtirmadi. Kristian Italiya klubiga o'tgan qishda Londonning "Tottenxem" klubidan o'tgan edi.
Uning "neradzurrilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Xavbek A Seriyada joriy mavsumda 2ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar