Erik Xamren: "Irlandiya bizga engil nafas olishga imkon bermadi"
14 iyu 2016 04:19
Yangiliklar
Erik Xamren: "Irlandiya bizga engil nafas olishga imkon bermadi"
SHveciya bosh murabbiyi Erik Xamren Irlandiya (1:1) bilan o'yindan keyin matbuot anjumanida uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Irlandiya katta hajmdagi ishni amalga oshirdi. Ular bizning himoyachilarimizda yaxshigina muammolarni yuzaga keltirishdi. Birinchi taym Irlandiya foydasiga bo'ldi. Asosan ular hujum qilishdi va ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Irlandiya bugun bizga engil nafas olishga imkon bermadi. Goldan so'ng o'yinimiz menga biroz yoqdi. Aynan men yoqtirgan uslubda o'ynashni boshladik. To'pni tezkorlik bilan bir-biriga uzatish, qanotlarni almashtirib o'ynash va asosan Martin Olsson qanoti orqali hujumlar tashkil etish. Lustigning jarohati qanchalik jiddiy ekanligini ertaga bilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar