Erik ten Xag: "Xoylund ilk marta jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi" Yangiliklar

Erik ten Xag: "Xoylund ilk marta jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Rasmus Xoylundning "qizil iblislar" tarkibida qachon debyut qilishi mumkinligini aytdi.

"U kechagina ilk marta jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashdi. Rasmus kelasi haftada mashg'ulotlarda to'laqonli ishtirok etishni boshlaydi. Demak, uning tarkibga kiritilishiga oz vaqt qoldi", - dedi ten Xag.

"Manchester Yunayted" APLdagi kichik tanaffusga qadar 26 avgust kuni "Nottingem Forest" va 3 sentyabrda "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi. Futbolchi avgust oyining boshida 75 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. O'shanda u jarohati bilan mankunianliklarga borib qo'shildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика