Erik ten Xag: "De Xea so'nggi yillarda "Yunayted"ning muvaffaqiyatlariga eng katta hissa qo'shgan inson"
22 iyu 2023 19:51
Yangiliklar
Erik ten Xag: "De Xea so'nggi yillarda "Yunayted"ning muvaffaqiyatlariga eng katta hissa qo'shgan inson"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag 12 mavsumlik faoliyatidan keyin jamoadan ketgan David de Xea haqida gapirdi.
"So'nggi yillar davomida David "Yunayted"ning natijalariga va muvaffaqiyatlariga eng katta hissa qo'shgan inson. Uning quruq o'yinlari sonining ko'pligi ham bizning himoyaviy o'yinimizga anchagina yaxshi tasir qilgan.
Biroq istalgan futbolchida o'zgarishlar davri keladi. Bu barchaning nuqtai nazariga ko'ra, to'g'ri qaror bo'ldi. Uning "Manchester Yunayted" uchun qilgan ishlari aqlbovar qilmas darajada. U umrining qolgan qismida ham klubning afsonasi bo'lib qoladi. Uni munosib ravishda kuzatib yuborishimiz kerak", - dedi Erik ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar