Erik Kantona: Zlatan Manchesterda qirol bor, istasang shaxzoda bo'lishing mumkin
10 iyu 2016 09:51
Yangiliklar
Erik Kantona: Zlatan Manchesterda qirol bor, istasang shaxzoda bo'lishing mumkin
Manchester Yunayted sobiq hujumchisi Erik Kantona Zlatan Ibragimovichga murojaat qildi.
Menda Zlatanga xat bor. Sen qizil rangni tanlading va bu faoliyatingdagi eng to'g'ri tanlov. Orzular teatrida aylanganingda klub safida o'ynagan futbolchilarning ruhini ko'rasan.
Stretford End tribunasi oldida gol ursang, muxlislar sening ismingni baralla kuylashsa o'zgacha hissiyotni his qilasan. Yuraging o'z joyidan chiqib ketgudek bo'ladi. MYUni sevib qolasan. O'shandagina o'z uyingga kelganingni bilasan.
Manchesterda bitta qirol bor, agar istasang shaxzoda bo'lishing mumkin. Istasang mening 7-raqamimni olishing mumkin. Bu senga sovg'a.
Qirol ketdi, yangi shaxzoda muborak bo'lsin! - deydi Kantona.
Fikrlar