Erik Kantona: Zlatan Manchestyerda qirol bor, istasang shaxzoda bo'lishing mumkin

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2016, 09:51
Manchester Yunayted sobiq hujumchisi Erik Kantona Zlatan Ibragimovichga murojaat qildi.

Menda Zlatanga xat bor. Sen qizil rangni tanlading va bu faoliyatingdagi eng to'g'ri tanlov. Orzular teatrida aylanganingda klub safida o'ynagan futbolchilarning ruhini ko'rasan.

Stretford End tribunasi oldida gol ursang, muxlislar sening ismingni baralla kuylashsa o'zgacha hissiyotni his qilasan. Yuraging o'z joyidan chiqib ketgudek bo'ladi. MYUni sevib qolasan. O'shandagina o'z uyingga kelganingni bilasan.

Manchestyerda bitta qirol bor, agar istasang shaxzoda bo'lishing mumkin. Istasang mening 7-raqamimni olishing mumkin. Bu senga sovg'a.

Qirol ketdi, yangi shaxzoda muborak bo'lsin! - deydi Kantona.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com