Erik Garsiya sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
15 jan 2021 13:30
Yangiliklar


Erik Garsiya sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya qishki transferlar oynasi vaqtida "Barselona"ga o'tishi mumkin.
"Sport.es" xabariga ko'ra, tomonlar ushbu oy yakuniga qadar shartnomaning bandlarini kelishib olishi kerak. "Ko'k-anorranglilar" 20 yoshli fullbek bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Erik Garsiya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yildan buyon "shaharliklar" tarkibida harakat qilmoqda. Uning hisobida APLning ushbu mavsumdagi 14 o'yin bor.
O’xshash yangiliklar
01:55
ECHL. PSJ Ramushning oxirgi daqiqalardagi goli evaziga "Barselona"ni mag'lubiyatga uchratdi 145
22:32
"Elche" "Barsa"ga qarshi o'yin anonsida uchrashuv "Kamp Nou" stadionida o'tkazilishini malum qildi 0

Fikrlar