Erik Garsiya mavsum so'nggida "Barselona"ga qaytadi
24 apr 2021 16:03
Yangiliklar
Erik Garsiya mavsum so'nggida "Barselona"ga qaytadi
"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya bilan kelishuvga erishishga yaqin.
Joriy mavsum so'nggida "ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi "Barselona"ga erkin agent maqomida qaytadi.
"Barselona"ning oldingi rahbariyati Garsiyaning transferi borasida kelishib olgandi. Ammo, yangi prezident Joan Laporta klubning moliyaviy hisobotlarini qayta ko'rib chiqqach, kataloniyaliklar taklifini ikki baravar qisqartirishga majbur bo'ladi.
"Barselona" Garsiya maoshining qisqarishini turli xil bonuslar va mukofot pullari bilan kompensaciya qilmoqchi, ikki tomon ham bo'lajak bitimning muvaffaqiyatiga ishonmoqda.
Fikrlar