So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  0 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

Erik Abidal: “Jahon chempionati finalida jasur futbolchilar penalti tepishadi” Yangiliklar

Erik Abidal: “Jahon chempionati finalida jasur futbolchilar penalti tepishadi”

Teglar :  intrevyuErik Abidal
Franciyalik sobiq futbolchi Erik Abidal faoliyati to'g'risida “FourFourTwo” nashriga intervyu berdi.

“Barselona”ning sobiq himoyachisi Kataloniyada eng nufuzli sovrinlarini qo'lga kiritdi va saraton kasalligini engib o'tdi. Erik faoliyatidagi ajoyib davrlarni yodga olib, o'zining dunyoqarashlari haqida to'xtaldi.


- Futbolchi bo'lmasangiz nima bilan shug'ullangan bo'lardingiz?

- Hamisha futbol o'ynashni orzu qilganman. Biroq 17 yoshimda ikkala oyog'imni sindirib olganman. Orzularimni amalga oshirish qiyinroq bo'lgandi. Lionda rassom va bezovchidan tahsil olishni boshlagandim. Yaxshi o'zlashtirganman, ammo sinfda eng yaxshisi emasdim. 18 yoshimda kubokda “Lion Dusher” havaskorlar jamoasi uchun “Nicca”ga qarshi o'ynaganman. Raqib ikkinchi divizion azosi edi. “Monako”dan bir necha skaut o'yinni kuzatish uchun tashrif buyurgan. Ular “Nicca” futbolchisi harakatlarini kuzatishlari lozim bo'lgan. Biz juda yaxshi o'ynab, 4:0 hisobida zafar quchganmiz. Keyin “Monako” vakillari klub prezidentiga qo'ng'iroq qilib, meni bir haftaga ko'rikka berib turishini so'rashgan. Bu fevralda ro'y bergandi. Ular iyulda qaytishim lozimligini aytishdi va 5 yillik shartnomaga imzo chekdim. Orzum ro'yobga chiqqandi.

- “Lion”gacha “Lill” va “Monako” safida o'ynagansiz. Bolaligingizda “Lion”ga muxlislik qilganmisiz?

- Ushbu shaharda o'sdim. SHuning uchun yoshligimda “Lion”ga ishqibozlik qilib, bazida stadionga tushib turardim. Bu qiyin edi: chipta arzon emasdi, men yashagan hududda kambag'al insonlar istiqomat qilardi. Bazida Lion associaciyasi chiptalarni bepul tarqatardi. O'shanda eng yaxshi futbolchi keyinchalik “Barselona”ga o'tgan Lyudovik Jyuli edi. Bolaligimda har doim “Lion”da ko'rikdan o'tishni istardim, biroq menga akademiya talablariga javob bermasligim va ozg'inligimni aytishardi. Ular buni har yili 4-5 marta gapirishardi. SHu sababli yakunda boshqa joyga ketishga majbur bo'ldim.

- “Lion” uchun birinchi golingiz sobiq jamoangiz “Lill”ga qarshi ro'y bergan va bu ota-onangizning to'y qilishiga sabab bo'lgani rostmi? Bu to'g'risida oldindan kelishilgani ortiqcha bosim yuklamaganmi?

- Ha, bu haqiqat! Ularga birinchi golimni ursam, turmush qurishlari zarur bo'lishini aytganman. Buni har yili takrorlardim va ular buni ko'p kutishdi. Men ko'p gol urmasdim. Bu ro'y berguncha professional saviyada 4-5 yil o'ynab qo'ygandim. O'ylashimcha, ular nihoyat turmush qurishlaridan baxtiyor bo'lishgandi.

- “Lion”da 3 yilda 3 marta Franciya chempioni bo'ldingiz. Sizga jamoa CHempionlar ligasida yaxshiroq qatnashishi shart bo'lgandek tuyulmaydimi?

- Hammasi mayda narsalarga bog'liq. “Lion” Evropadagi eng yaxshi klublardan biri edi, biz har yili o'sishga intilardik, ammo har safar puli va tajribasi ko'proq bo'lgan raqiblarga duch kelardik. Balki, biror super to'purar bo'lganda barchasi boshqacha kechishi mumkin edi. Bizda Karim Benzema paydo bo'ldi va “Lion” u bilan 2008 yil Franciya chempionatidagi oxirgi yutug'ini nishonladi. Lekin eng yaxshi jamoalarni engish uchun eng yaxshi futbolchilar zarur. O'shandan beri “Lion” chempion bo'lmadi, ammo jamoada hozir ko'plab yosh futbolchilar o'ynamoqda. Yangi stadion bilan ular Evropada yana top-klublar qatoriga qaytishlari mumkin.

- “Barselona”ga o'tishingiz aniq bo'lmaguncha “Lion” bilan mashq qilmasligingiz haqida rahbariyatga aytganingiz rostmi? Bundan afsuslanasizmi?

- Bu haqiqat emas. Prezident va vice-prezidentga qo'ng'iroq qilib, “Barsa”ga o'tishni xohlashimni gapirganman. Ular bilan kelisha olishlariga umid qilishimni takidlagandim. O'shanda Barselonada oilam bilan tatilda edim. Uyga qaytayotgan paytimizda ushlanib qolishimga to'g'ri kelgan, chunki klublar kelishgan va shartnomaga imzo chekishim lozim bo'lgan. Yukimiz samolyotda edi va uni qaytarishlarini so'rab iltimos qilganman. CHunki o'zim bilan boshqa kiyimlarim yo'q edi. Ular bundan ajablanishgan, lekin Barselonada barcha qadrdon jamoaga yordam berishdan xursand bo'ladi. Biz mehmonxonaga qaytdik va keyingi kuni klub bilan shartnoma tuzdim.

- Frank Raykaard va Pep Gvardiola uslublari qanday farq qilardi?

- Har bir murabbiyda futbolga qarashlari va taklik qarorlari mavjud. Raykaard jamoada majburiyatlarini ajoyib bajardi – CHempionlar ligasi va La Ligada g'alaba qozondi. Jamoa keyin ikki bor treblga erishgani sababli buni unutish kerak emas. Gvardiola, albatta, boshqacha. U yoshroq edi va o'ynashni yaqinda tugatgandi. Pep klubga boshqacha futbolni berdi. U aytardi: “To'p bilan o'ynang, pas, pas, pas, oshirish, oshirish, oshirish va keyin darvoza yaqinida o'yin taqdirini hal qiling”. Gvardiola ko'p mehnat qildi va unga birinchi mavsumda barcha sovrinlarni yutishi bilan omad kulib boqdi. Bazida omadsiz hech narsaga erishib bo'lmaydi.

- Gvardiola “Barselona”sining bunday muvaffaqiyati kafolati nima bo'ldi? U o'yinchilarga ishonch qo'shdimi? Yoki barchasi o'yin uslubidagi taktik o'zgarishlardami? U o'zini jahldan yo'qotgan paytlari bo'lganmi?

- Albatta, uning jahl qilishini ko'rganman. Bu har bir murabbiyda bo'ladi. U “Rasing” bilan uydagi ilk uchrashuvdan keyin hammani kiyinish xonasiga chaqirgandi. O'shanda dastlab “Numansiya”ga yutqazib, uyda durang o'ynagandik. Gvardiola takidladi: “Gap bunday, yigitlar. Mavsumga tayyorlanish jarayonida qiyin mehnat qildik, sizlar rejamga ishonishingiz lozim. Agar chempionat va CHempionlar ligasida zafar quchishni xohlasangiz”. SHundan so'ng jamoa u xohlagandek o'ynadi. Boshida u o'zgarishni istamagan bir qator futbolchilar bilan kurashdi. Kiyinish xonasidagi suhbatdan keyin hamma narsa o'zgardi. Keyingi bellashuvda Xixonda “Sporting”dan 6:1 hisobida ustun keldik. Gvardiola ertalabdan kechgacha mashg'ulot markazida o'tirib, mehnat qildi, yoshlarni kuzatdi. Yangi taktik uslubni o'ylab chiqdi. Bu uning muvaffaqiyatlari sababi bo'ldi.

- Sizga to'pni doim nazorat qiladigan jamoa himoyasida o'ynash zerikarli bo'lmadimi? Etiborni saqlab qolish qiyinmi?

- Bunday emas. “Barsa”da himoyachilar doim hushyor bo'lib, voqealarni kuzatib borishi lozim. Faqat raqib hujumchisini kuzatmasdan, jamoasi to'p yo'qotgan holatga etibor berishi kerak. Bu esa har doim ro'y beradi. Jamoada himoyachi hujumkor harakatlarning azosi sanaladi. Hamisha raqibga bosim qilish darkor. Bunda esa zerikish bo'lmaydi.

- Qaysi o'yin eng esda qolarli bo'lgan? 2010 yil “Klasiko”dagi 5:0 natijasi bo'lsa kerak?

- “Real”ga qarshi 5:0 va 6:2. Ularga gol urish qiyin, bunday yirik hisobda dog'da qoldirish esa shunchaki g'aroyib. Siz “Bernabeu”da 6 gol urishni tasavvur qila olasizmi? Gvardiola doim “Real”ga qarshi bellashuvlarda muhim o'rin tutgan. Ular bilan 2011 yil Valensiyada kubok finalida o'ynadik va Krishtianu Ronalduning qo'shimcha vaqtdagi goli sababli yutqazdik. O'yindan keyin Pep mag'lubiyatga u sababchi ekani, chunki taktikani o'zgartirishni istaganini takidlagandi. Hech narsaga etibor bermay, “Real” bilan CHempionlar ligasi yarim finalidagi ikki uchrashuv borligi aytdi. Taktikani o'zgartirib, qanday voqea ro'y berishini kuzatishimizni aytdi. O'sha bahslarda u taktikani o'zgartirdi. Himoyachilarga markazdagi chiziqdan o'tmaslikni tayinladi. CHunki “Real” qarshi hujumlarga etibor qaratgandi. Dani Alves ham qanot himoyachisiga o'xshamagandi. Buskets ham himoyalanish uchun qoldi. O'shanda biz g'alaba qozondik. Gvardiola boshqacha o'ylaydi. Hamma jamoa bir uslubda o'ynashini gapirardi, biroq u hamisha taktikani o'zgartirardi. “Real” bilan o'yindan oldin Valdesga to'pni menga uzatishi kerakligi va Ronaldu himoyalanishda qatnashmasligini aytdi. Biz shunday qildik va raqib vaziyatlarda ortimizda qolib ketdi.

- “Barselona”da Dani Alves bilan yaqin bo'lgansiz? Futbolchilar orasida yana do'stlaringiz bormi?

- O'yinchilar orasida do'stlarim ko'p. Qizim Dani Alvesning bolalari o'qiydigan maktabga qatnaydi va biz ko'p ko'rishib turamiz. Kasal ekanimda u menga o'z jigarini taklif qilgandi. U buni jiddiy gapirgandi, lekin hech qachon bunday qaror qabul qilmasdim. Hozirgi o'yinchilarni ko'p bezovta qilmayman, ularda bo'sh vaqt ko'p emas. Lekin Karles Puyol, Seydu Keyta, Karim Benzema, Frank Riberi eng yaqin do'stlarim. Futbolda do'stlik bo'yicha menga omad kulgan.

- Messi oldingizda qanday eng kulgili narsa amalga oshirgan?

- Mashg'ulotdan keyin jarima zarbalari tepishni mashq qildik. Darvozada Xose Manuel Pinto turardi. Messi har safar tepishidan oldin Pintoga qaerga tashlanishi lozimligini aytardi. Pinto bunga etibor bermay, to'pga tashlanishga kech qolardi va Messi gol urardi. U 10 marta tepib, barchasida gol urdi va nega Pinto u aytgan tomonga tashlanmaganini so'ragandi.

- 2009 yilgi CHempionlar ligasi finalini diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgansiz. Bu trebldan taassurotga putur etkazmaganmi? Tribunadan g'alabani kuzatish qanday bo'lgan?

- Bu oson bo'lmagan vaziyat edi. Stadionga kelganda o'ynashni xohlaysan. Finalni hakam xatosi tufayli o'tkazib yuborganimga aminman. Lekin jamoaning g'alabasi muhimroq edi. “Manchester” yaxshi o'ynashga intildi va yaxshi boshladi, lekin “Barsa” bilan uchrashuvlarda yomon holatga tayyor turish kerak. CHunki to'pni maksimum 35 foiz olasiz. Ikki yildan so'ng “Uembli”da “Barsa” “MYU”ga qarshi yanada yaxshiroq o'ynadi. To'pni 72 foiz nazorat qildik. Bunga ishonasizmi? Raqib kuchli edi. Ueyn Runi ular safida eng yaxshi edi va oxirigacha kurash olib borgandi. Uning xarakteri kuchli, o'shanda u maydonda haddan tashqari ko'p yugurgandi. Krishtianu Manchesterda o'zini ko'rsatganda bu Runi sababli bo'lgandi. Ularda yaxshi tarkib bor edi, 2008 yil g'olib chiqib, 2009 va 2011 yil finalga chiqishdi. Ular bilan 2008 yil ham o'ynagandik. O'shanda “Old Trafford”dagi o'yinda Pol Skoulz ajoyib gol urgandi va uni eslashni haligacha xohlamayman.

- 2011 yil martida jigaringizda saratonni aniqlashdi. O'shanda yana o'ynashga umid qilganmidingiz?

- Ha, qaytishni juda istagandim. Hech qachon maydonga qaytmaslik haqida o'ylamaganman. Birinchi maqsadim sog'ayish, keyingisi futbolga qaytish bo'lgan. O'zim uchun buni amalga oshirishim shart edi. Qiyin bo'lgandi, lekin oilam, shifokorlar menga yordam bergan. Juda tez tiklandim. Keyin ko'proq vaqtni oladigan jiddiyroq operaciyani boshdan o'tkazishim kerak edi. Ko'chirib o'tkazish. Donor qarindoshim bo'lgandi. 42 kun shifoxonada yotdim, bor kuchimdan ayrildim. Ikki yildan keyin “Barselona” prezidenti bunday holat mavjudligi haqida o'ylamaganini aytgandi. Jigar ko'chirib o'tkazilgach, mening o'ynay olmasligim to'g'risida gapirishgan ekan. Yaratgan menga futbolchi bo'lish, kasallikni engish va fondni tashkil qilishga imkon berdi. Hozir fond bilan bog'liq ish 80 foiz vaqtimni oladi. Kasallik bilan kurashdim va buning nima ekanligini bilaman. Odamlar bilan o'rtoqlashishim mumkin bo'lgan tajribam bor.

- 2011 yil CHempionlar ligasi finali siz uchun qanchalik muhim bo'lgan? O'sha oqshom kubokni ko'tarishingiz haqida qachon bilgansiz?

- Birinchi navbatda finalda o'ynay olish haqida o'ylaganman. 2009 yil uni qo'yib yuborgandim. Gvardiolaga yaxshi holatda bo'lmasam ham o'ynashga imkon bergani uchun rahmat aytaman. Menga sardorlik bog'ichini berishdi va “Uembli”da kubokni ko'tardim. Uni haligacha qadrlayman. O'simtani olib tashlash operaciyasidan 2 oydan keyin maydonga qaytdim. SHifokorlar ishonishmagandi, lekin o'zimga ishonchim yordam berdi.

- Davolanayotganingizda “Barselona” sizga maosh to'lagan-to'lamagani haqida gaplar yuradi. Vaziyatni tushuntirib bera olasizmi? Klub maoshni to'lamasa, bu adolatdan bo'larmidi?

- Gap pulda emas. Ketishim bilan bog'liq holatni tushunmaganman, men klub uchun borimni berganman. Ular menga yana shartnoma taklif etishi kerak edimi? Bilmayman. Klub qaror qabul qildi va uni hurmat qilaman. O'sha vaziyatda men va oilamga qiyin bo'lgandi. Ehtimol, ular vaziyatni tushuntirib berishi lozim edi.

- Ketganingizdan keyin sizga Angliyadan takliflar bo'lgani haqida aytishgandi. Bu qanchalik haqiqat bo'lgan?

- “Barselona”dan keyin Angliyadan takliflar bo'lmagan. “Liverpul” vaqtliroq taklif etgan, lekin Kataloniyada qolishga qaror qilgandim. Angliyada o'ynashni xohlagandim. U erda jangchilik ruhim asqotgan bo'lardi.

- 2006 yil jahon chempionati finalida Zidanning Materacciga bosh bilan zarba berganini qanday qabul qilgansiz? Boshqa futbolchilar Zidan jamoani qiyin holatga tushirgan deb o'ylaydimi?

- U o'yindan keyin kiyinish xonasida kechirim so'ragan, yaxshi eslayman. Zarbani unutgandim. Vaziyatni ko'rmagandim, himoyaga qaytayotgandim. Jahon chempionati finalida diqqatni saqlash lozim. G'alabaga haqliroq bo'lganmiz deb o'ylayman, garchi penaltilar seriyasidagi mag'lubiyatga qaramay.

- Uchinchi penaltini aniq amalga oshirgansiz. Har doim ulardan aniq foydalanganmisiz?

- Penalti - doim 50ga 50. Murabbiyga tepishni xohlashimni aytganman. Bazi futbolchilar “Abidal tepsa, aniq yutqazamiz” deb aytishgandi. Ularning kimligini aytmayman, lekin ular hazillashishmagan. Futbolda masuliyatli lahzalar bor va shuning uchun o'ynaymiz. Bosim kuchli bo'lsa, shunchalik yaxshi. Jahon chempionati finalida penalti tepa oladiganlar ko'pmi, shuni bilishni istardim. 4:0 hisobida yutayotganda penalti tepish oson, biroq bunday turnir finalida emas. Faqat jasur futbolchilar shunday qila olishadi.

- Endi nima qilasiz? Faoliyatingizni tugatgach, “Barsa” lavozim taklif qilgani to'g'risida aytgansiz. U haliyam kuchdami?

- Fond hozir men uchun muhimroq. Va yana UEFAda tayyorgarlik o'tayapman, qachondir sport direktori bo'lib ishlashga umid qilaman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика