So’nggi yangiliklar

23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  6 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  12 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1

Umar Abdulrahmonning "Manchester Siti"ga transferi nega amalga oshmagan? Yangiliklar

Umar Abdulrahmonning "Manchester Siti"ga transferi nega amalga oshmagan?

Amirlik futbolchisi ikki hafta mobaynida klub lagerida sinovdan o'tgan.

Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi sobiq futbolchisi Umar Abdulrahmon 34 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini malum qildi.

Professional futbolchiligida u "Al Ayn", "Al Hilol", "Al Jazira", "Shabab Al-Ahli" jamoalarida harakat qilgan. Abdulrahmon faoliyati davomida 1 marta Saudiya Arabistoni Superkubogi, 6 marta BAA chempionligi, 1 marta Arab ko'rfazi kubogini qo'lga kiritgan. 2016 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.

Yarim himoyachining porloq davrida unga Evropaning ko'plab grand jamoalari qiziqish bildirgan. Jumladan, Angliyaning "Manchester Siti" klubida ikki hafta davomida ko'rikda bo'lgan.

Umar Abdulrahmon 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarida ko'zga tashlangach, APL klubi 20 yoshli futbolchini taklif etgan.

Manchesterga etib kelganidan so'ng, u darhol jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi. Sinov muddati ikki hafta davom etdi – u nazorat o'yinlarida maydonga tushdi va hisobot ijobiy baholandi. Biroq bitim ishlash ruxsatnomasi (work permit) va terma jamoaning reytingi bilan bog'liq muammolar sabab amalga oshmay qoldi.

Angliya futbol associaciyasi qonunlariga ko'ra, ish ruxsatnomasini olish uchun futbolchi o'tgan ikki yil davomida o'z mamlakatining "A" toifasidagi xalqaro o'yinlarining kamida 75 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Shuningdek, futbolchining mamlakati FIFA reytingida ilk 70 talikka kirgan bo'lishi lozim. BAA esa o'sha paytda 121-o'rinda joylashgandi.

Shunga qaramay, "Siti" Abdulrahmonning Manchesterdagi mashg'ulot davrida yig'ilgan malumotlarni "Al Ayn" klubi bilan bo'lishishga rozi bo'lgan. Arab klubiga futbolchining xatti-harakatlarini o'z ichiga olgan DVD disklari topshirilgan.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Manchester Siti"da osiyolik boshqa bir futbolchi – Abduqodir Husanov to'p tepmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
07 noy 16:26:47
Ўзбек футболининг муҳлиси
Ҳусанов Ситидами? Ман кетган деб юрарканман.
+1   
07 noy 16:11:55
Абдулазиз Кодиров
Эслатме улларинг ха санларни каллаларинга хаммамизни койилимиз......
+1   
07 noy 16:04:48
uzbfcn
Яхши эслатдингиз. Рахмат лекин.
+1   
07 noy 14:53:11
ishonch
Эсимиздан чиққанига қаранг Абдуқодир Хусановни. Бу Абдулраҳмонлар 2 ми 3 та ака укамасмиди. Лекин дахшат футбол ўйнарди, бамисоли Усмон Дембеле каби.
   
08 noy 22:56:50
Mufassal Iymon
Javlon Samarqand foydalanuvchining fikriga javob berish
Toʻgʻri lekin Saudiyada tugʻilgan
Ha bulishi mumkin, bunisidan habarim yuq edi
   
08 noy 19:30:53
Javlon Samarqand
Mufassal Iymon foydalanuvchining fikriga javob berish
BAA terma jamoasi o'yinchisi edi
Toʻgʻri lekin Saudiyada tugʻilgan
   
08 noy 10:11:47
Mufassal Iymon
Javlon Samarqand foydalanuvchining fikriga javob berish
Vaqtida Osiyoni javohiri edi lekin afsuski Saudiyada porlab Saudiyasida endi mani yaxshi koʻrgan fudbolchilarimdan biri edi
BAA terma jamoasi o'yinchisi edi
   
07 noy 22:34:32
Javlon Samarqand
Vaqtida Osiyoni javohiri edi lekin afsuski Saudiyada porlab Saudiyasida endi mani yaxshi koʻrgan fudbolchilarimdan biri edi
   
07 noy 19:22:40
Zayniddin Raximov
Ahmad Xalil, Abramop abdulraxmon, Anavi mister x Qatardagi,
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика