Ergash Ismoilov: "O'zimga kelishim juda qiyin bo'ldi"
15 fev 2018 18:40
Yangiliklar
Ergash Ismoilov: "O'zimga kelishim juda qiyin bo'ldi"
Xabar berganimizdek bugungi “Buxoro”- “Neftchi” nazorat uchrashuvining ikkinchi bo'limida “Neftchi” vakili bilan to'qnashib ketib o'ziga kelolmagan jamoamiz vakili Ergash Ismoilov bilan shifokor nazoratidan so'ng suxbatda bo'ldik.
"To'g'risi nima bo'lganini ayni o'sha lahzada o'zim ham bilmay, qoldim. O'zimga kelishim juda qiyin bo'ldi. Ko'zimni ochsam hamma atrofimda. Juda ham ham qo'rqib ketdim. Bu futbol. O'yin vaqtida qanday hodisalar bo'lmaydi deysiz. Avvalo men uchun qayg'urib, mendan havotir olgan barcha–barchaga raxmat aytaman. Ularni o'zim bilmagan holda tashvishga, havotirga qo'yganimdan hijolatdaman. Hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Xavf ortda qoldi. Biroz vaqt shifokorlar nazoratida bo'lib turar ekanman. shifokorlarning ruxsati bilan safga qaytaman", – deya fikr bildirdi Ismoilov
“Buxoro” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar