So’nggi yangiliklar

19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  0 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  2 18:58"Манчестер Юнайтед" футболчиси жароҳат сабаб 10 ҳафтани ўтказиб юборади  0 18:32Украина терма жамоаси ҳимоячиси: "Ҳусанов ҳақиқатан ҳам яхши сифатларга эга"  2 18:03Мудрик ушбу мавсум майдонга қайтмайди  0 17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  1 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  1 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  1 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  4 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  1 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  8 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  2 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  14 13:44Пато "Колчестер Юнайтед"ни сотиб олмоқчи  1

Eren Derdiyok: “Tez orada o'zbek tilini ham o'zlashtiraman” Yangiliklar

Eren Derdiyok: “Tez orada o'zbek tilini ham o'zlashtiraman”

“Paxtakor”ning shveycariyalik yangi hujumchisi jamoaga o'tishi, dastlabki taassurotlari va “SHerlar” safidagi maqsadlari haqida intervyuda to'xtalib o'tdi.

- “Paxtakor”ning sizga qiziqishi to'g'risida qachon bildingiz?
SHota Arveladzening bu erda ishlayotganini bilardim. Taklif haqida bilganimdan keyin bu menga qiziqarli tuyuldi. CHunki murabbiyning qanday futbolni yoqtirishi, ish uslubi va falsafasidan xabardorman. “Paxtakor” ishtirokidagi bir necha o'yinlarni tomosha qildim. Jamoa o'yinida o'rnim bo'lishi mumkinligini angladim va taklifni qabul qilib, “Paxtakor”ga kelishga qaror qildim.

- O'zbekiston va “Paxtakor” haqida nimalarni bilardingiz?
Toshkent va mamlakat to'g'risida bazi narsalarni bilardim. “Paxtakor”ning Osiyo CHempionlar ligasidagi bazi o'yinlarini ko'rgandim. SHuningdek, terma jamoaning Osiyoda kuchlilardan biri ekanidan xabardorman.


- Moslashish jarayoni qanday o'tmoqda?

Juda yaxshi. Turk va o'zbek mentaliteti o'rtasida uncha katta farq yo'q. SHuningdek, jamoadoshlarim ham birinchi kundanoq iliq munosabatda bo'lib, tez chiqishib ketishimga yordam berishmoqda. Murabbiylar shtabiga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoadoshlarim men turkcha gapirganimda tushuna olishadi, hozircha men o'zbek tilini uncha tushunmayotgan bo'lsam ham. Bunda tillarning o'xshashligi yordam beradi. Bazi yigitlar bilan ingliz tilida muloqot qilaman. Tez orada o'zbek va ruschani ham o'zlashtiraman deb o'ylayman.

- “Paxtakor” bilan maqsadlaringiz qanday?

Jamoaga qo'limdan kelgancha yordam bermoqchiman. O'zbekiston chempionati va kubok musobaqalarida g'olib bo'lishda hissa qo'shish, CHempionlar ligasida oldimizga guruhdan o'tish va turnirda imkon qadar yaxshi natija ko'rsatish qo'yilgan. Buni uddalashda yordam bermoqchiman. SHunday ekan, biz ushbu maqsadlar yo'lida mehnat qilamiz.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика