So’nggi yangiliklar

20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  4 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  3 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  16 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   11 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1

Eren Derdiyok: “OCHLda har bir g'alabaning ahamiyati yuqori” Yangiliklar

Eren Derdiyok: “OCHLda har bir g'alabaning ahamiyati yuqori”

OCHL 1-turida xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yagona vakilimiz “Paxtakor” barchaga g'alabani tortiq etdi.

Biz esa ko'tarinki kayfiyatda o'tgan uchrashuvdan so'ng jamoaning yangi legioneri, zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirishga yordam bergan Eren Derdiyokning fikrlarini tingladik.

“O'yin ikkala jamoa uchun ham qiyin o'tdi. Maydonning holatini ko'rdinglar, to'p oldinga siljimadi. SHu sababdan raqib ham, biz ham qiynaldik. Omad biz tomonda bo'ldi, ishonchli tarzda g'alaba qozondik.



Bunday murakkab sharoitda o'tgan uchrashuvda eng muhim narsa g'alaba hisoblanadi. Lekin, biror narsa deyishim qiyin. Maydon holati yaxshi bo'lganida o'z o'yinimizni yaxshiroq ko'rsatgan bo'lardik.

SHunga qaramay uch ochko qo'lga kiritdik. Bilsangiz, OCHLda har bir g'alabaning ahamiyati yuqori sanaladi. Mavsumni g'alaba bilan boshladik va shu zayilda davom etishga harakat qilamiz. Bahsning dastlabki 25 daqiqasi maydonga moslashishga sarflandi”, - dedi Derdiyok. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика