Eredivizi. Yana bir ochko va “Ayaks” 35 karra chempionga aylanadi!
25 apr 2021 21:20
Yangiliklar
Eredivizi. Yana bir ochko va “Ayaks” 35 karra chempionga aylanadi!
Niderlandiya chempionati 30-turidan o'rin olgan bahsda “Ayaks” 2:0 hisobida AZni mag'lub etdi.
Amsterdamliklar bugungi g'alabadan keyin ochkolari sonini 76 taga etkazgan holda turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. “Ayaks” keyingi turda durang o'ynasa ham muddatidan oldin Eredivizi g'olibiga aylanadi.
Niderlandiya chempionatining o'tgan mavsumi koronavirus tufayli bekor qilingan edi. Musobaqaning so'nggi g'olibligi 2018/19 yilgi mavsum aynan Erik ten Xag shogirdlariga nasib etgan.
“Ayaks” 31-turni 2 may kuni autsayderlar qatoridagi “Emmen”ga qarshi o'tkazadi va katta ehtimol bilan o'sha kuni jamoa 35-marotaba mamlakat chempionligini qo'lga kiritishi kutilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar